Bu davr ozuqalari – yeyish mumkin bo’lgan o’simlik tomirlari, o’simlik mevalari, hayvon go’shtlari edi. Yangi ko’nikmalarning paydo bo’lishi va o’zlashtirilishi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ilg’or jarayonlarning rivojlanishiga olovdan foydalanish kuchli turtki beradi. Tabiat bilan kurashish vositalarini topilishi bundan keyingi kishilik madaniyati taraqqiyotining bevosita natijasi bo’ladi. Chunki odamzodni halokatdan saqlab qolgan vosita - mehnat ko’nikmasi edi. So’nggi ashelda odamzod olovdan tabiiy holda foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |