Mavzu: Asosiy vositalar va ularni baholash. Reja: Asosiy vositalarning boshlang’ich tan olinishi
Download 0.98 Mb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Asosiy vositalarning tan olishdan keyingi baholash: Tannarx va qayta baholash modellari
siyosiy vositalarning tan narxi bilan bog’liq boshqa mulohazalar: Naqd bo’lmagan operatsiyalar: Agarda siz asosiy vositani naqd pulga emas balki, sizning boshqa asosiy vositangizni ayriboshlash hisobiga sotib olsangiz, siz mulkning narxini o’zining sotib olgan asosiy vosita haqqoniy/adolatli qiymatida tan olishingiz kerak. Agarda mulklarning haqqoniy/adolatli qiymatini ishonchli darajada hisoblashni imkoni bo’lmasa, siz sotib olingan aktivni almashtirilgan aktivning hozirgi balans qiymatida tan olishingiz kerak. Quyidagi ikki talab bajarlinganda, asosiy vositalarni qurish bilan bog’liq qarz bo’yicha xarajatlar asosiy vositalarning tannarxining bir qismi sifatida kapitallashtiriladi: - Asosiy vositani tayyorlash “ko’p vaqt” olsa (odatda 1 yildan ortiqroq); va - Davr davomida asosiy vositani qurilishi amalga oshirilayotgan bo’lsa. Yuqoridagi ikki talabni bajaradigan aktivlar kvalifikatsiyalanadigan aktiv deb ta’riflanadi. Kvalifikatsiyalanadigan aktiv bitib, mo’ljallangan foydalanishga tayyor bo’lgandan keyin, aktivdan foydalanishni hali boshlamagan bo’lsangiz ham, foiz xarajatlarini kapitallashtirishni to’xtatishingiz kerak. Kapitallashtirishni to’xtatganingizdan keyin, qarz bilan bog’liq xarajatlar foyda va zarar to’g’risidagi hisobotga olib boriladi. Agarda sizning kompaniyangizda kreditlar ko’p bo’lsa va hech qaysi kredit kvalifikatsiyalanadigan aktivni qurish uchun maqsadli olinmagan, balki barchasi umumiy kredit bo’lsa, siz barcha qarzlar bo’yicha xarajatlarni o’rta-vazn foiz stavkasini hisoblab, shu xarajatni kapitallashtirishingiz kerak.2.Asosiy vositalarning tan olishdan keyingi baholash: Tannarx va qayta baholash modellari Asosiy vositalarning keying baholanishiga kelganda, sizda hisob siyosatingiz bo’yicha tanlovingiz bo’ladi. Siz ushbu tanlovni barcha asosiy vositalar uchun birdek emas, balki asosiy vosita turi/turkumi bo’yicha amalga oshirasiz. “Asosiy vosita turi/turkumi” deganda men quyidailarni nazarda tutaman: Yer; Bino va Inshootlar; Asbob-uskunalar; Avtomobillar; Ofis asbob-uskunalari; Mebel va jihozlar; va boshqalar. Agarda siz qayta baholash modelidan foydalansangiz: siz aktivlaringizni har yili qayta baholashingiz kerak degai emas. Lekin, qayta baholash bu shu darajada tez-tez bo’lishi kerakki, hisobot kunidagi asosiy vositalarning balans qiymati uning haqqoniy/adolatli qiymatidan sezilarli darajada farq qilib qolmasligi kerak. Shuningdek, baholash uchun tashqi baholovchilarni jalb qilishingiz shart deyilgan emas. Agar korxonangizda yeterlicha tajribaga ega hodimlar bo’lsa, qayta baholashni o’zingiz ham qilsangiz bo’ladi.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling