Мавзу: Asosiy vositalardan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
Download 49.27 Kb.
|
иктисодий тах
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Asosiy vositalarni tahlil qilish xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Tahlil natijalarining aniq, ishonchli va samarali bo‘lishi tahlilni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Buning uchun asosiy vositalar tahlilining vazifalar ketma-ketligini belgilab olish zarurdir. Asosiy vositalar tahlili vazifalari: asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili; asosiy vositalar texnik holati tahlili; asosiy vositalar harakati tahlili; asosiy vositalardan samarali foydalanish tahlili; xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt asosiy vositalar bo‘yicha foydalanilmagan ichki imkoniyatlarni aniqlash; asosiy vositalardan optimal foydalanish strategiyasini ishlab chiqish. Tahlil natijalarining sifati axborotlar ishonchliligi, ya‘ni buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish sifati, asosiy vositalar ob‘ektlari bilan operatsiyalar tizimi va ro‘yxatga olish nuqsonsizligi, ob‘ektlarni hisob-malaka guruhlariga kiritish aniqligi, inventarizatsion ro‘yxatga olishlar ishonchliligi, analitik hisob registrlarini ishlab chiqish va yuritish mukammalligiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy vositalar tahlilining axborot manbalari: 1-shakl - “Buxgalteriya balansi”; Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi ichki hisobotlar; Bosh daftar(asosiy vosita bilan bog‘liq sintetik schyot ma‘lumotlari) “Ishlab chiqarish quvvatlari balansi”, asosiy vositalar hisobining inventar kartochkalari. 2.Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili Asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki asosiy vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish imkoni bo‘lmaydi. Asosiy vositalarning to'g'ri buxgalteriya hisobining zaruriy sharti - bu ularni baholashning yagona tamoyilidir. Asosiy vositalarni baholashning quyidagi bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi: boshlang'ich; tiklanish; joriy; qoldiq; tugatish. Download 49.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling