Mavzu: Atom massa. Molekulyar massa. Modda miqdori va allotropiya Reja Kirish


Download 89.5 Kb.
bet1/7
Sana19.04.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1364153
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referati mavzu atom massa. Molekulyar massa. Modda miqdori va a


Mavzu: Atom massa. Molekulyar massa. Modda miqdori va allotropiya


Reja

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Atom massa

  2. Molekulyar massa

  3. Modda miqdori va allotropiya

  1. Xulosa

  2. Foydalangan adabiyotlar



Kirish
Atom massasi (nisbiy atom massasi) – atom massasining atom massa birligida ifodalangan qiymati.
Atom massasi, atom og‘irligi – atom massalarining atom massasi birli-klarida ifodalangan nisbiy qiymati. Atom massasi ifodasini ingliz ki-myogari J.Dalton 19-asr boshida fanga kiritgan. 1961 yilda qabul qilingan nisbiy atom massalari birliklari shkalasiga asosan atom massasi birligi (atm.m.b.) uglerod izotopi atomi 12S massasining 1/12 qismiga teng. Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qo‘llaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim ko‘rsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan o‘zaro bog‘liq. Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha bo‘ladi. Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining o‘rtacha qiymati qabul qilinadi.
Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrog‘i – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi. Buning uchun ionlarning elektr yoki magnit maydonida to‘g‘ri chiziqli harakatdan chetga chiqishi tek-shiriladi. Fizik usullardan yana biri yadro reaksiyasiga asoslangan. Bunda yadroda bo‘ladigan o‘zgarishlar natija-sida bir atom yadrosining ikkinchi atom yadrosiga aylanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Kimyoviy usullardan biri – elementning bir necha kimyoviy birikmalari mo-lekulyar massasini va bu birikmalarning kimyoviy tarkibini aniqlashga asoslangan. Atom massasini taqriban aniqlash usullari ham bor. Mas, ulardan biri Dyulong va Pti qoidasiga asoslangan; bu qoidaga ko‘ra, element Atom massasining o‘sha elementning solishtirma issiqlik sig‘imi (S)ga ko‘paytmasi o‘zgarmas miqdor bo‘lib, u taxminan 6,3 ga teng: AS~6,3.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling