Mavzu: Atom orbitallarning gibridlanishi va mo metodlari


Download 256.09 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi256.09 Kb.
#1379378
1   2   3
Bog'liq
490 16-mavzu

4
Be 1 s22^
B4
4 jc
• 2s- elektronni 2p- orbitalga o'tkazish, ya’ni atomning qo'zg'algan holatga o'tishi energiya sarflashni talab etadi, bu energiya reaksiyada ikkita bog'lanish hosil bo'lishi hisobiga ortiqchasi bilan qoplanadi. Qo'zg'algan holatda berilliy xlorning ikkita atomini biriktirib oladi:
• : Cl : Be : Cl :
• Ikkala Be—Cl bog'lanish bir xilda puxta va 180° li burchak ostida joylashgan. Bog'lanishlar puxtaligining bir xilligi valent orbitallarning gibridlanishi, ya’ni ularning siljishi va shakli hamda energiyasining tenglashishi bilan tushuntiriladi. Bu holda atom elektron orbitallarining dastlabki shakli hamda energiyasi o'zaro o'zgaradi va bir xil shakl hamda energiyaga ega bo'lgan elektron orbitallar hosil bo'ladi. Gibrid orbital asimmetrik va yadrodan bir tomonga qattiq cho'zilgan bo'ladi
• Gibrid orbitallar elektronlarining ishtirokida hosil bo'ladigan kimyoviy bog'lanish gibridmas sof s- va p- orbitallarning elektronlari ishtirokida hosil bo'lgan bog'lanishdan puxtaroq bo'ladi, chunki gibridlanishda orbitallar bir-birini ko'proq qoplaydi. Muayyan atomning bog'lanishlari hosil bo'lishida turli tipdagi elektronlar (bizning misolimizda s- va p- elektronlar) ishtirok etganda gibridlanish amalga oshadi. Bunda gibrid orbitallar soni dastlabki orbitallar soniga teng bo'ladi. Shunday qilib, BeCl2 molekulasida kimyoviy bog' anish hosil bo'lishida markaziy atomning, ya’ni berilliyning bitta s- va bitta pelektroni ishtirok etadi. Bu holda orbitallarning sp-gibridlanishi (es-pe-gibridlanish, deb o'qiladi) sodir bo'ladi (3.3- rasm). Ikkita gibrid orbital bir-biriga nisbatan 180° li burchak ostida joylashadi, ya’ni BeCl2 moleku asi chiziqsimon shaklda—uchala atomning hammasi bir chiziqda joylashgan
(s orbitallar
ikki sp- orbitallar
3.4- rasm. Bell, iiing chiziqsiiiioii molekuhsi.
3.3- rasm. Valent orbitallarning sp- gibridlanishi.

Download 256.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling