Mavzu: Atom spektraskopiyasi usullarining sanoat obyektlari analizda ishlatilishi


Alanga atomizatori tuzilishi Alanga – gaz gorelkasi ko`rinishi


Download 9.04 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi9.04 Kb.
#1627772
1   2   3
Bog'liq
umid

Alanga atomizatori tuzilishi

Alanga – gaz gorelkasi ko`rinishi

Elektrotermik atomizator

  • Elektrotermik usul bilan atomlash rus olimi B.V.Lvov (1950-1960-yil) tomonidan ishlab chiqilgan.
  • Elektrotermik atomizator grafitdan yasalgan kichik naydan iborat bo`lib, u katta kuchga ega bo`lgan tok bilan qizdiriladi.Uning yuqori qismidagi teshigidan namuna eritmasi shprits yordamida kiritiladi.
  • Moddani elektrotermik usulda atomlash alangaga qaraganda ko`pgina ustunliklarga ega. Ulardan eng asosiysi,atomlash mahsuldorligini ko`payishi hisobiga, aniqlash sezgirligining bisyor oshishidir.Bu birinchidan, namunani atomizatorda uzoq vaqt turishi bilan va ikkinchidan, atomizator materialining ya`ni grafitning ko`pgina elementlar barqaror oksidlarining dissotsiatsiyasini osonlashtiruvchi qaytaruvchilik xossasiga ega ekanligi bilan bog`liq.

Elektrotermik atomizator

1-yorug`lik manbai

2- namunani kiritish uchun tirqish

3- elektr toki keladigan simni ulash joyi

Atom-absorbsion analizda nurlanish manbai

  • Atom-absorbsion analizda nurlanish manbai sifatida chiziqli spektrlar chiqaradigan g’ovak katodli va elektrodsiz razryad lampalari ishlatiladi.
  • Atom-absorbsion spektroskopiyada ishlatiladigan nurlanishlar,odatda valent(optik) elektronning birinchi qo`zg`algan holatdan asosiy holatga o`tishi natijasida hosil bo`ladi. Bunday o`tishlar natijasida rezonans chiziqlar deb ataluvchi intensiv nurlanish hosil bo`ladi.
  • Masalan, alyuminiy bilan bo`lgan holda, ko`pincha erkin atomning 3p va 3d stahlari orasidagi o`tishlar natijasida to`lqin uzunliklari 309,28 va 308,22 nm bo`lgan nurlar chiqadi

Elektrodsiz razryad lampalar

  • Elektrodsiz razryad lampalari g`ovak katodli lampalarga o`xshash, ularning farqi,tuzilishidadir.Elektrodsiz lampalarda ozgina toza modda (yoki uning uchuvchan oson dissosiyalanuvchi birikmasi) bo`ladi.Bu modda atomlardan iborat bug` holatiga o`tkaziladi va mikroto`lqin maydonining ta`siri ostida qo`zg`atiladi.
  • Elektrodsiz razryad lampalari asosan metallmaslardan(As, Se, Te, P) va uchuvchan metallarni (Hg, Rb, Cs) aniqlash uchungina yaraydi.
  • Razryad lampalarining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, har bir lampa faqat bitta elementni aniqlash uchungina yaraydi.Bu kamchilikni yo`qotish uchun hozirgi vaqtda keng to`lqin uzunligi sohasiga ega bo`lgan ksenon lampalari va lazerlardan foydalanilmoqda.

Download 9.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling