Mavzu: Atom tuzilishi haqida tushuncha


Download 112 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi112 Kb.
#1341527
Bog'liq
Atom tuzilishi haqida tushuncha

  • Mavzu: Atom tuzilishi haqida tushuncha.
  • Eshonqulova Diyoraxon. O’zbekiston tumanidagi 50-maktab fizika o’qituvchisi
  • Darsning maqsadlari:
  • Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga atom tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar, atomning planetar modeli haqida tushuncha berish bilan bilim va ko’nikma hosil qilish.
  • Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni turmushga, tabiatga bo’lgan qiziqishini orttirish, aqliy biologik tarbiya berish.
  • Rivojlantiruvchi maqsad: qo’shimcha adabiyotlar, slaydlar elektron darsliklardan foydalanib o’quvchilar bilimini rivojlantirish.
  • Darsning turi:
  • Aralash IPT dan foydalanish
  • Darsning jihozlari:
  • Slaydalar, kodoskop, Tomson modeli va atomning planetar modeli tasvirlangan plakatlar, electron darslik.
  • Darsning metodlari: “Muz yorar”, “Fikrlay olasanmi?”, “Blits savol-javoblari”, “Bumerang”, “Kichik ma’ruza”.
  • Darsning rejasi:
  • Tashkiliy qism
  • Uyga vazifani so’rash.
  • Yangi mavzunig bayoni.
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Uyga vazifa berish.
  • Darsning borishi.
  • Tashkiliy qism: o’qituvchi siyosiy daqiqa o’ynatadi. Yangi mavzu uchun ko’rgazma qurollarni tayyorlaydi.
  • Uyga vazifani so’rash: “Blits savol-javoblar”idan foydalanib savollar tarqatiladi.
  • “Bumerang” texnologiyasidan ham foydalaniladi.
  • Quyosh energiyasining foydali tomoni bormi?
  • Yorug’likning kimyoviy ta’sirini zararli tomoni bormi?
  • Quyosh issiqligining Yer yuzasida bo’ladigan hodisalarga aloqadorligi bormi?
  • Geliotexnika laboratoriyasi bormi?
  • Yorug’lik tezligini c=3*108m/s deb olish mumkinmi?
  • Maykelsonning tuligini 299796000 m/s deb olish mumkinmi?
  • Yorug’lik tezligini hozirgi zamonda aniqlangan qiymati bormi?
  • Fotosintez jarayoni zamburug’larda ham bo’ladimi?
  • Quyosh sandoni barpo etilganmi?
  • “Bumerang” texnologiyasiga asosan “xa” yoki yo’q deb lo’nda javob beriladi.
  • O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini umulashtiradi.
  • Yangi mavzuni bayoni
  • Mavzu: Atom tuzilishi haqida tushuncha.
  • O’qituvchi quyidagi asosiy tushunchalarga e’tibor berishi kerak:
  • Atom tuzilishi haqida demokrit
  • Atom tuzilishining Tomson modeli
  • Tomson modelining kamchiliklari
  • Atomning palnetar modeli.
  • Buyuk yunon mutafakkiri demokkrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarralardan – “atom”lardan tashkil topgan.
  • Atom bo’lnimaydi deb aytgan.
  • “atom” so’zi yunonchdan olingan bo’lib, “bo’linmas” degan ma’noni bildiradi.
  • Abu Bakr ar-roziy atomlar bo’linmaydigan zarrachalar bo’lib, ularning ichki bo’shliq va mayday bo’lakchalardan iborat bo’ladi, degan fikrni aytgan.
  • Ar-Roziy atomlar doimo harakatda va ular orasida o’zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblangan.
  • XX asrga kelib olimlar atomning bo’linishi mumkinligi va u murakkab tushunchaga ega ekanligini aytilgan.
  • 1903 yilda ingliz fizigi J.Tomson o’zining modelini taklif etgan.
  • Tomsonning fikriga ko’ra atomning musbat zaryadi, atomning butun hajmida bir hil zichlik bilan taqsimlangan.
  • Bu sharning ichida elektronlar joylashgan.
  • Tomson atom tuzilishi bo’yicha katta yangilik kiritdi.
  • Atomning planetar modeli.
  • Buyuk ingliz fizigi E.Rezerford o’z shogirdlari bilan 1908 yildan boshlab atom tuzilishini o’rganish bo’yicha qator tajribalar o’tkazdi.
  • Vodorod atomining yadro atrofida faqat bitta elektron aylanib yuradi.
  • (+) zaryadi (-) ga teng, massasi esa elektron massadan 1836.3 marta kattadir.
  • 1911 yilda Rezerford tomonidan e’lon qilingan atom tuzilishining planetar modeli quyidagidan iborat.
  • Atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, yengil elektronlar uning atrofida aylanadi. Atomning deyarli hamma massasi yadroda to’plangan.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling