Mavzu: Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohadagi davlat siyosati


Download 34.36 Kb.
bet6/8
Sana22.02.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1221306
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish 15

uch oy muddatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
doimiy ravishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi so‘zsiz ta’minlanishini nazorat qilishda o‘zaro yaqindan hamkorlikni o‘rnatsin hamda qo‘shma profilaktik tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Davlat ekologiya qo‘mitasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish huquqiga ega xodimlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 285-moddasiga asosan huquqbuzarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, uning ashyolari va transport vositalarini ko‘zdan kechirish hamda ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish vakolatlariga ega.
9. 2022 yil 1 martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi:
yer uchastkalarini obod holda saqlash;
daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni parvarish qilish va sug‘orish;
yig‘ishtirish-tozalash ishlarini amalga oshirish va chiqindi qutilarini o‘rnatish;
bolalar maydonchalari, o‘tirish joylari (skameykalar), tungi yoritish tizimini o‘rnatish, ta’mirlash va saqlash;
aholi uchun piyoda yo‘laklarini barpo etish, ta’mirlash va lozim darajada saqlash;
b) mazkur bandga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali ob’ektlarni o‘rnatish va qurish taqiqlanadi;
v) davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tegishli yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
g) mazkur bandga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari tomonidan belgilangan

Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling