Mavzu: Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohadagi davlat siyosati


Download 34.36 Kb.
bet4/8
Sana22.02.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1221306
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish 15

Xalqaro prinsiplar — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’yektlarining boshqaruv qoidalari.
Xalqaro ekologik prinsiplar  xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya’ni sub’yektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro Ekologiya huquqi ob’yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari. Bu qoidalar xalqaro huquq normalari zaminida yotishi va o‘zaro munosabatlarni huquqiy me’yorlash va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishda yo‘nalish beruvchi ko‘rsatma tarzida xizmat qilishi kerak.
BMТ Nizomining 2-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va uning hamma a’zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplarning asosi hisoblanadi. Xalqaro ekologik prin­siplar Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg konferensiyalarining deklaratsiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat Xartiyasida va shu kabi xalqaro huquq manbalarida o‘z aksini topgan.
Xalqaro ekologik-huquqiy prinsiplarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Tabiiy resurslarga davlat suverenitetligi. Bu prinsip BMT Bosh Assambleyasining 1962-yil 14-dekabr «Tabiiy resurslarga nisbatan ajralmas suverenitet», so‘ngra, Stokgolm (1972) konferensiyasining deklaratsiya­larida o‘z ifodasinu topgan. Mazkur prinsipga binoan har bir xalqaro huquq sub’yekti xalqaro munosabatlarda o‘z tabiiy boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni milliy qonunchilik asosida olib borish huquqiga ega, ya’ni har bir mustaqil davlat uchun o‘z tabiiy boyliklarini nafaqat egallash, foydalanish, balki tasarruf qilish huquqidan to‘la foydalanish imkoniyati ochib berildi.
2. Davlatlar oz yuridiksiyasidan tashqaridagi atrof-muhitga zarar yetkazmaslikBu prinsip XX asrning 60-yillarida oddiy bir xalqaro huquq me’yori sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 1972-yil Stokgolm konferensiyasida xalqaro ekologik hamkorlikning asosiy qoidalari toifasiga kirgazildi. BMТning Nizomiga binoan har bir davlat yoki xalqaro huquq sub’yekti o‘z hududi yoki nazorat doirasidagi harakatlari o‘zga hudud yoki davlat nazorat doirasida turgan hududlarga zarar yetkazmasligi kerak va bu uchun ular javobgardirlar. Bunga misol qilib Тojikistondagi alyumin zavodining shimoliy Surxondaryoga keltirayotgan zararini olsak bo‘ladi. Ifloslanish normasi ruxsat etiladigan me’yordan 7,2 barobar ko‘pdir.
3. Insonlarning ekologik huquqining afzalligi. Bu prinsip bevosita inson huquqlaridan biridir. Chunki Yer yuzidagi barcha insonlar, ularning irqiy, milliy, diniy, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar yashash huquqiga egadirlar. Yashash huquqi esa inson huquqlarining birlamchi omilidir. BMТ Nizomining uchinchi xat boshi 1-moddasiga binoan xalq­aro hamkorlikni davlatlar «inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishlari va ularni rag‘batlantirishni rivojlantirishlari» asosida olib borishlari kerak1.
4. Hamma bosqichda ekologik nazoratlash prinsipi yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro-huquqiy qoidalarni amaliy tatbig‘ini kuzatib borish va kafolatlovchi institutlar tizimini yaratishni talab qiladi. Agarda xalqaro ekologik hamkorlik me’yorlarining amaliy tatbig‘i uning qatnashchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa, har qanday xalqaro hujjat deklarativ ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ular qog‘ozda qolib ketadi. Bunday xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMТning EKOSOS, YUNEP, YUNESKO, ТMXI, JSSТ, XDK, MAGAТE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo‘yicha tuzilgan tashkilotlar yoki regional tarzdagi — OBSE, ADA, ABТ, ADТ, ASEAN kabi tashkilotlar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mintaqasida maxsus vakolatli davlatlararo ekologik tashkilotni tuzish (masalan, «Тurkiston — bizning uyimiz», «Тurk ekonazorat», «Тurkistonda ekologik xavfsizlik») va uning qoshida ishtirokchi davlatlardan nazorat, tergov va sud organlarini barpo etish zamon talabidir.
5. Ekologik axborot almashuvi erkinligi prinsipi xalqaro hamkorlik qatnashchilaridan o‘z milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishlari haqida vaqtida axborot berib borishni nazarda tutadi. Chunki ekologik jarayonlar ma’muriy chegarani «tan olmaydi» va ular qo‘shni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir etishi mumkinligini e’tirof etadi. O‘z paytida va tezkor olingan axborot ekologik xavfning oldini olishi va uni birgalikda yoki xalqaro hamjamiyat yordamida bartaraf qilish imkonini beradi.
6. Ozaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldingi axborotlash prinsipining davomi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlashish prin­sipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatining keng yoyi­lishining oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar ko‘lami va yo‘llarini aniqlashtirishga imkon beradi.
7. Ekologik inqirozli holatda davlatlarning ozaro yordam korsatish prinsipi davlatlarning o‘zaro gumanitar yordam ko‘rsatish va oqibatda o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan «Orol muammosi»ni hal qilishda 100 dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil mobaynida ularning yuz millionlab AQSH dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam ko‘rsatishlari bunday olijanob prinsipni amalda qo‘l­lanilayotganiga dalil bo‘la oladi.
8.  Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan hal qilish prinsipi xalqaro huquq sub’yektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko‘proq zarar yetkazuvchi «sovuq urush»larning yoki harbiy to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgandir. Zamon talabi — har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqa­li hal qilish va davlatlarning butun kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozlarga sarf qilishlarini da’vat qilishidir.
9. Ekologik muammolarni barqaror rivojlanish orqali hal qilish. Bu prinsip Rio—92 Konferensiyasining deklaratsiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, u davlatlar va regionlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muammolarni ekologik muammolar bilan bir paytning o‘zida kompleks yechishni talab etadi.

Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling