Mavzu: Atrof muhitni qadrlash
Download 44.37 Kb.
|
Atrof muhitni qadrlash
www.arxiv.uz Mavzu: Atrof muhitni qadrlash Reja:
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish tushunchasi.
Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg‘izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so‘zsiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarida atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham Prezident I. A. Karimov BMТning 48, 50, 55-sessiyalarida so‘zlagan ma’ruzalarida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlarini nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb global masala qilib ko‘rsatdi. Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning barqaror me’yorda rivojlanishini ta’minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig‘indisiga aytiladi. Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy ob’yektlardan teng huquqli foydalanish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913-yil 17—19-noyabrda Shveytsariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasi darajasiga ko‘tardi. Insoniyat tarixida ekologik muammolar XX asrning o‘rtalarigacha faqatgina mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o‘rin olgan edi. 1970-yillargacha davlat va jamiyat xavfsizligiga yoki ularning barqaror rivojlanishi va inson huquqlariga global ta’sir qiluvchi muammolar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kiritilgan, xolos. XX asrning uchinchi choragida, ya’ni Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va BMТning tuzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 50—60-yillarida «sovuq urush» oqibatida Yer kurrasidagi insonlar hayotiga tajovuz solayotgan uch muammo — yadro to‘qnashuvi, yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o‘rinda ekologik muammolar qo‘yilgan bo‘lsa, 70-yillarga kelib ekologik muammo va ularni hal qilish masalasi yetakchi o‘rinni egallab oldi. Download 44.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling