Mavzu: “Attuhfa”ning lug’at tuzilishi Reja: Kirish
Download 18.71 Kb.
|
11 Mavzu “Attuhfa”ning lug’at tuzilishi
Mavzu: “Attuhfa”ning lug’at tuzilishi Reja: Kirish “Attuhfa”ning lug’at tuzilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish “Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya” (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asarini kim yozganligini bilmaymiz. Asar Misrda yaratilgan deya chamalanadi. Uning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Qo‘lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda (o‘zbekcha nashriga qarang: AZFT). Kitob “qipchoq tili” grammatikasiga bag‘ishlangan. Bu to‘g‘rida: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo‘lgandagina ko‘rsatdim”, - deb yozadi uning muallifi kirish bo‘limida (AZFT,8). Asar uch bo‘limdan iborat: kirish, arabcha-turkiy so‘zlik, grammatik qoidalar bo‘limi. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, unda turkiy tilning qay lahjasiga asoslanganligi bayon etiladi. So‘ng turkiy alifbo va imlo qoidalari xususida ma’lumot beriladi. “Attuhfa”ning lug’at tuzilishi So‘zlik bo‘limida avval arabcha so‘zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi beriladi. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so‘zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Masalan, ilk hamzali so‘zlar bo‘limida arab tilida hamza bilan boshlanuvchi so‘zlar nazarda tutilgan. Bu prinsipning turkiy so‘zlikka ko‘pda ziyoni yo‘q. Sababi, hamzali so‘zlarga tegishli qolgan bo‘limlar tematik guruhga ko‘ra turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog‘liq narsalar, yeyiladiganlar, tomonlar, o‘tgan zamon fe’llari. So‘ng harfi bilan boshlanuvchi otlar, ketinida fe’llar; keyin “Attuhfat” asaridagi ba’zi so‘zlarni og‘zaki shug‘ullanamiz.
Qo’shimchalar nomlanishi (10-b) Bo‘limlar bilan tanishuv: hamzali so‘zlar bo‘limi (11), otlar ranglari (14), yer va unga bog‘liq narsalar (15), yeyiladiganlar (16), zamon va yer zarfi (16), tomonlar, o‘tgan zamon fellari (16), b harfli otlar (23), fe’llar (28), t harfli otlar (30), o‘tgan zamon fe’lli (33), s harfi bo‘limi, otlar (36), o‘tgan zamon fe’llari (42),h harfi bo‘limi, otlar (44), o’tgan zamon fe’llari (48), d harfi bo‘limi, otlar (55), o’tgan zamon fe’llari (57), z harflilar, ot (58), o‘tgan zamon fe’llari (59) kabi. Teskor savol-javoblar: “Attuhfat” kimning qalamiga mansub? Asar nechanchi asrga tegishli? Nechta harf ifoda etilgan? Asar nechi bo‘limdan iborat? “Devonu lug‘otit turk”ga o‘xshash jihatlari? Xulosa Xullas, ushbu tadqiqotda Xorazmdagi qipchoq shevalarining leksik xususiyatlari birinchi marta monografik o‘rganilishi barobarida, birinchidan, tadqiqot obyektidagi shevalarning tasnifiga aniqliklar kiritildi, ikkinchidan shevalardagi arabcha, forscha-tojikcha, rus tili va u orqali o‘zlashgan lug‘aviy birliklar ilmiy tadqiq qilindi, uchunchidan ko‘p ma’noli so‘zlar, omonimlar, sinonimlar, antonimlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari misollar yordamida yoritildi. Xorazmdagi qipchoq shevalarining lingvistik jihatdan o‘rganilishi o‘zbek adabiy tili, shevashunoaligi o‘zbek tili tarixi uchun amaliy qimmatga egadir. Download 18.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling