Mavzu: Auditning axloq kodeksi va uning mohiyati
Download 47.71 Kb.
|
7 audit kodeksi8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi
- Axloq kodeksining talablari
Mavzu: Auditning axloq kodeksi va uning mohiyati REJA: 1 Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 2 Axloq kodeksining asosiy talablari 3 Auditning axloq kodeksi tamoyillari Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga AICPA (Amerika qasamyod qilgan bux- galterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal qilayotgan audi-torlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja operat-siyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish fao-liyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qism-dan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushunti- rishlar va etik me’yorlar. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lo-zim bo’lgan bir necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamo-yillar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir: 1.Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab ish tutmasligi lozim. 2.Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malaka-ga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish. 3.Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bi- lan sofdil va ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur; 4.Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur; 5.Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqo-ri ko’tarishi va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat man- faatlari uchun xizmat qilishga imkon beradigan darajada tu- tishi zarur. Axloq kodeksining talablari Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish Auditorningob’ektivligi Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi) Mijoz axborotining maxfiyligi Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati Auditorning mustaqilligi Auditorning kasbiy mahorati Soliq munosabatlari Professional xizmat uchun haq to’lash Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati Nashr qilinadigan axborot va reklama Xalqaro faoliyat Download 47.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling