Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari Mundarija: kirish
Download 57.96 Kb.
|
audit qobulovbegzod
Kurs ishi hajmi: kirish, 2 ta bob , 4 ta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi, vazifalari, bosqichlari va asosiy tamoyillari 1.1. Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi, vazifalari, bosqichlari va asosiy tamoyillari Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo. Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilrok to’xtalib o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo’linadi: a) auditni dastlabki rejalashtirish; b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; v) audit dasturini tayyorlash va tuzish. Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas. Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik biznes korxonalariga taalukli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida audit dasturini batafsil tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta bo’lib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq qilishlari mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular: uyg’unlik (komplekslik); uzluksizlik, maqbullik. Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi. Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi. Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin. Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limla-rini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. №3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Au-ditorlik tanlash», №9-«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. Shunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas. Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak. Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim: a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish; b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash; Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi: audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi; bajariladigan ishlar hajmi; auditor qo’llaydigan usullar va amallar. Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo: auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi; tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi; tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi; ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi; korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi; ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim. Auditorlik tekshiruvi chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Download 57.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling