Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi va uning bosqichlari
Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlari
Download 37.76 Kb.
|
Mustaqil ish N1 Audit
3.Auditning umumiy rejasini tayyorlash xususiyatlariAuditorlik shartnomasi tuzilgandan so’ng tekshiruvning umumiy rejasi tayyorlanishi va u auditorlik guruhi rahbari tomonidan tuzilishi hamda tasdiqlanishi lozim. Auditning umumiy rejasida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda ular ma’lumotlarining ishonchliligini baholash, auditorlik tanlash hajmini belgilash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayonining (dasturni bajarish)amallarini belgilash, bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy audit ish hujjatlarini tayyorlash, tekshiruv natijalarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt va yuqori organlarga taqdim etish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha umumiy bosqichlari aks ettiriladi. Auditor tekshiruvni auditorlik shartnomasida belgilangan muddatda yakunlashni ta’minlashi uchun unga sarflanadigan vaqtni rejalashtirishga ta’sir etuvchi omillarni to’liq va aniq hisobga olishi talab etiladi. Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi yoki dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday vaqtda kiritiladigan o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon etilishi kerak. Auditorlik tekshiruvining umumiy rejasi va dasturi har bir auditorlik tekshiruvi ob’ekti(asosiy vositalar auditi, pul mablag’lari auditi, TMZ auditi va shu kabilar)ning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida va maxsus shakl hamda mazmunda ishlab chiqilishi lozim. Biz quyida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditning umumiy rejasini quyidagi 1-jadvaldagi shartli misolda keltirilgan shaklda tuzishni tavsiya etamiz. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ektiga alohida va maxsus shaklda tuzish jarayoni auditordan qo’shimcha vaqt, mehnat va qog’oz xarajatlarini talab etadi. Biroq umumiy rejada faqatgina auditorlik tekshiruvini o’tkazishning umumiy jarayoni aks ettiriladi, u tekshiruvchilar uchun aniq vazifa, vaqt va tekshiruvni o’tkazishning aniq tartibi haqida ma’lumot olish imkonini bermaydi. Shu sababli, fikrimizcha, auditning umumiy rejasini auditorlik tekshiruvining har bir ob’ekti uchun alohida tuzish shart emas deb hisoblaymiz, uni butun bir korxona faoliyatini tekshirish uchun №3 AFMSga muvofiq yagona umumiy shakl va mazmunda bir marta tuzish etarli deb hisoblaymiz. Unda har bir auditorlik ob’ekti uchun alohida bo’lim ochilishi va umumiy rejaning qolgan ustunlari nomlari amaldagi shaklda belgilangan shakl va mazmunda tayyorlanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizningcha, butun bir korxona faoliyati tekshiruvi uchun yagona shakldagi umumiy rejaning tayyorlanishi natijasida auditorlar ishi birmuncha osonlashadi, ularga korxona faoliyatini tekshirishda ortiqcha jismoniy mehnat kamayib, vaqt va mablag’ni tejashga erishiladi. Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limla-rini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. №3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Auditorlik tanlash», №9«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. Shunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas. Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak. Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim: buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish; bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash; Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi: audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi; bajariladigan ishlar hajmi; auditor qo’llaydigan usullar va amallar. Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo: auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi; tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi; tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi; ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi; korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi; ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim. Download 37.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling