Koordinatalarni bir necha usul bilan kiritishingiz mumkin:
Interaktiv usul ko’rsatgich yordamida koordinata qiymatini kiritishdan iborat. Ko'rsatkichni harakatlantirganda uning koordinatalari o'zgaradi. Ushbu koordinatalardan ob'ektni qurish buyruqlarini amalga oshirishda foydalanish mumkin. Koordinatalar sichqonchaning chap tugmasini bosish vaqtida kiritiladi.
Buyruqlar satrida klaviaturadan koordinata qiymatini kiritish.
Ob'ektni bog’lash yordamida koordinata qiymatini kiritish. Nuqta koordinatalarini aniqlashning eng tezkor usuli bu avval yaratilgan ob'ektlarning xarakterli nuqtalariga o'tishdir. Bunday holda, koordinata qiymatini hisoblash kerak emas.
Dinamik kiritish ob'ektni qurish buyrug'ini tanlagandan so'ng ob'ektning boshlang'ich nuqtasi koordinatalarini kiritish imkonini beradi. Bunday holda, buyruqni ishga tushirgandan so'ng, klaviaturada kerakli koordinatalarni vergul bilan ajratib yozish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |