Mavzu: avans reja
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy
Download 479.82 Kb. Pdf ko'rish
|
avans
1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy
asoslari Bozor munosabatlariga o‘tishning yuqoridagi asosiy tamoyillari buxgalteriya hisobini isloh qilishda va korxonaning hisob tizimini bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkil qlishda ham alohida ahamiyatga ega. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobini isloh qilishda, avvalo, uning hozirgi tizimni saqlab qolgan holda asta-sekin evolyusion yo‘l bilan metodologik, tashkiliy va texnik o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Bunda mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. SHunday tadbirlardan biri Davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. SHu maqsadda hukumat iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiylashtirishga oid 20 dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarni amalga oshirish mulkchilik shakllarining rivojlanishiga va bu bevosita buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini rivojlantirishni ham talab qilar edi. Buxgalteriya hisobini isloh qilishga doir 1994 yilda qabul qilingan davlat dasturida islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat qilib belgilandi: -O‘zbekiston Respublikasi islohotlar orqali kapitalning rivojlanishi, xususiylashtirish, ichki va tashqi investitsiyaning kirib kelishi imkoniyatlarini ko‘paytirish, xususiy sektor faoliyatiga samarali baho berish; -xalqaro moliya bozorlari resurslaridan samarali foydalanish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan teng munosabatda va aloqada bo‘lish; -O‘zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bilan taqqoslash imkoniyatlarini yaratib, chet ellik hamkorlarga zarur iqtisodiy axborotlarni o‘z vahtida sifatli etkazib berishdir. Buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning xalqaro meyorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta’minlaydi. Xalqaro qoidalarga muvofiq mamlakatimizda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonuniy va meyoriy hujjatlarida belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga ko‘ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi: -buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi; -moliya - xo‘jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va ta’sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi; -buxgalteriya hisobining haqiqiy holatga mos kelishi. Buxgalteriya hisobining yuqorida belgilangan talablarga javob berishini nazorat qilish mustaqil auditorlik firmalari va davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobotining o‘rni va ahamiyati tubdan o‘zgaradi. Bu borada professor S.B. Qodirxonov shunday deb, ta’kidlaydi «Agar hohlansa ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritish mumkin, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini schetlarning umumiy tizimidan ajratib olgan holda yuritib, shu bilan g‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish va moliya buxgalteriya hisobiga o‘tish mumkin. Natijada ishlab chiqarish buxgalteriyasi bilan moliya buxgalteriyasi tashkiliy jihatdan ajratilishi mumkin bo‘ladi. Ularning vazifalariga to‘xtalar ekan, professor S.B.Qodirxonov shunday deb, yozadi: «Bunda ishlab chiqarish buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish manfaatini ko‘zlab yuritilsa, moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy xisoboti tizimi va uning moliyaviy hamda tijorat faoliyatini boshqarish maqsadida yuritiladi. Hisobchilikning bunday tartibiga o‘tish har xil darajadagi boshqaruv tizimini zaruriy axborotlar bilan ta’minlashni sezilarli ravishda takomillashtirish bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va mahsulotning ayrim turlarining rentabellik darajasi haqidagi tijorat sirlarini yashirish imkonini beradi». bizning Respublikamizda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi schetlar rejasi Rossiya Federatsiyasi rejasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining schetlar rejasidan va buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan keskin farq qiladi. SHunday qilib, Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi. SHu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy asoslari mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi. Download 479.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling