Mavzu: Avaz O`tar o`g`li. She`rlari tahlili
Download 83.6 Kb.
|
Avaz
Mavzu: Avaz O`tar o`g`li. She`rlari tahliliAvaz O‘tar - Avaz Polvonniyoz (O‘tar) o‘g‘li (1884.15.8- Xiva-1919) — o‘zbek ma’rifatparvar shoiri. Dastlab maktabda, so‘ng Xivadagi Inoqiy madrasasida o‘qidi. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq o‘rtasida tanildi. Muhammad Rahim Soniy (Feruz) Avaz O‘tar iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, Avaz O‘tar saroy hayoti bilan chiqisholmay, uni tark etadi. 20-asr boshlarida ko‘zga tashlanayotgan milliy uyg‘onish, istiqlol g‘oyalari Avaz O‘tar ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Avaz O‘tar ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo bo‘la boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik she’rlar, qitalar, ruboiylar yozdi. Avaz O‘tar ijodida alohida o‘rin tutgan hajviy she’rlar turkumi — «Faloniy» ham shu davr mahsuli. Avaz O‘tar «Millat», «Hurriyat»; «Topar erkan, qachon», «Xalq», «Zamon» va boshqa she’rlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuoti («Oyina», «Vaqt», «Mulla Nasriddin» va boshqa)da bosilgan. 2 devoni («Saodat ul-iqbol», «Devoni Avaz») va qator bayozlarga kiritilgan g‘azallari yetib kelgan. Devonlarining qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. ? 942, 7102, 3451) saqlanadi. Respublikada maktablar, ko‘cha va xiyobonlarga Avaz O‘tar nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi tashkil etilgan, haykali o‘rnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Samandar «Erk sadosi» dostoni, A. Bobojon «G’azal fojiasi» dramasi, S. Siyoyev «Bir chora zamon istab» qissasi va boshqa). Avazning zamondoshi Matfanobobo Xudoyberganov shunday hikoya qiladi: “Bir kuni shaharda juda katta toʻy boʻldi. Oʻnta surnay va kishilarning shovqinidan quloqlar kar boʻlish darajasiga kelgan edi. Avaz sheʼr yozishga tutindi. Men undan: «Shu qadar notinch vaziyatda sizga qanday sheʼriy idrok keladi?” deganimda, u: “Mening boshimda shu qadar gʻalvalar toʻfoni mavj urmoqdaki, ularning oldida bu shovqin hech narsa emas. Yurak qon, dard bigan toʻlgan… Dilimdagi soʻz durlari shu qadar beshumorki, labimni soʻzga ochsam, yuz misrani xat qilganimni bilmay qolaman”, deb menga oʻqish uchun yetti gʻazal uzatdi.. Bu xarakterli xotira Avazning naqadar sermahsul ijod egasi boʻlganligidan dalyulat beradi.“Fidoyi xalqim …” g`azaliFidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,Budur maqsudi qalbi notavonim.Mani solsa fano yo’liga davron,Yurur ustimdin avlodi zamonim.Umidim: yashasin maktab bolasi,Alar har biri bir she’ri jayonim.Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur,Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.O`sha davr adabiyoti uchun dolzarb mavzu bo`lmish vatan, yurt, millat qayg`usini baralla kuylay olgan shoir Avaz O`tardir. Yuqoridagi g`azalda ham xlq madhini chiroyli tasvirlarda keltirib o`tadi.Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.G`azal xalqqa nisbatan fidoiy sifati qo`llanilib nido bilan boshlanadi. Xalqi uchun tanasidagi jonini ham berishga nafaqat joni balki ruhi ravonida satqi qilishini tayyorligini aytadi.Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,Budur maqsudi qalbi notavonim.Xalqning ahvolini yanada yaqqol gavdalantirish maqsadida mazlum, darbadar sifatlarini ishlatadi. “Mazlum” ya`ni begunoh xalq uchun shoir o`zini darbadar bo`lishgada tayyorligini yozadi. Bu yo`lda maqsudu ko`nglini o`rtanayotganligini, xalqqa ko`ngli o`rtanayotganligini yozadi. G`azalning har bir baytida xalqni ruhlantirish, olg`a chorlash va tom ma’noda chin yurakdan qayg`urayotgan shoir obrazi gavdalanadi.“Maktab” radifli g`azaliOchinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab.Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab.Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridur farzand,Alaming umrini, albatta obod etgusi maktab.Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy –Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni,Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab.Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.Avaz O`tar ushbu g`azalda jar yoqasiga kelib qolgan millatni ilm ma’rifatga, maorifga oshno bo`lishini aytib o`tgan. Shuning uchun ham g`azalda varonani obod etgusi maktab deb aytilmagan. Ota-onalarga murojaati orqali xalqni savodli qilishga harakat qiladi. G`azalda xalqning ma’rifati uchun ularni bilimli qilishga jon kuydirayotgan shoir o`brazi namoyon bo`ladi.Download 83.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling