Mavzu: Avg'onistonda yoshlarga qaratilgan e'tibor va yoshlar masalasi bo'yicha olib borayotgan siyosati tahlili


Download 0.78 Mb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1302573
  1   2
Bog'liq
Avg\'onistonda yoshlarga qaratilgan e\'tibor va yoshlar masalasi bo\'yicha olib borayotgan siyosati tahlili


Mavzu: Avg'onistonda yoshlarga qaratilgan e'tibor va yoshlar masalasi bo'yicha olib borayotgan siyosati tahlili
Reja:
Kirish

  1. Afg'oniston xususiy maktablari qay ahvolda

  2. Tolibon universitetlarni ham ayollar uchun yopdi

  3. Afg'on qizlarini radio orqali o'qitayotgan muallimlar

  4. Afg‘onistonda yashaydigan bolalarning deyarli yarmi maktablarda o‘qimaydi

Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar

Kirish
Afg’oniston: xususiy maktablar og’ir ahvolda



Afg'oniston xususiy maktablari qay ahvolda?
Afg’onistonda Tolibon joriy etgan cheklovlar va og’ir iqtisodiy vaziyat bois ayrim xususiy maktablar yopilgan. Ba’zilari qiyin ahvolda bo’lsa-da, faoliyatini davom ettirmoqda.
Qataroti Nur nomidagi xususiy maktab Kobulning Xushholxonmina hududida joylashgan bo’lib, so’nggi to’rt yillik faoliyati davomida turli muammolarni boshdan kechirgan.
“COVID-19” pandemiyasi va Tolibonning hokimiyatga qaytishi bilan joriy etilgan ijtimoiy-ta’limiy cheklovlar vaziyatni yanada og’irlashtirgan.
Maktab asoschisi Layli Xamushning bildirishicha, so’nggi bir yarim yilda o’quvchilar soni keskin kamaydi.
“Islomiy amirlik (Tolibon) hukumati davrida o’quvchilarimiz soni 70 foizga kamaydi. Ba’zilari moliyaviy muammolar sabab maktabni tark etdi, ayrimlari esa mamlakatni tark etishdi. O’quvchilarning bir qismi davlat maktablariga qaytdi”,- deydi Xamush.

Tolibon universitetlarni ham ayollar uchun yopdi
Mazkur maktabda o’g’il va qiz bolalar 12-sinfgacha ta’lim olar edi.
“Islomiy amirlik (Tolibon) hukumati vujudga kelishi bilan ishsizlik ko’lami oshgan. Ro’zg’or tebratishga qiynalayotgan oilalar farzandlarini xususiy maktabga qo’ya olmaydi. Yuqori sinfdagi o’g’il bolalar ham ishlash uchun maktabni tark etmoqda”, - deydi u.
Xonim Xamushga ko’ra, Tolibon rasmiylarining ogohlantirishsiz maktablarga kirib kelishi o’qish jarayoniga putur yetkazmoqda.
“Bizni qiynayotgan mavzulardan biri shuki, Tolibon odamlari to’satdan maktabga kirib kelishadi. Qizlar va o’g’il bolalar alohida sinflarda o’qiyaptimi yo’qmi, ayol o’qituvchi hijob kiyganmi, o’zlari ishonch hosil qilmoqchi”, - deydi suhbatdosh.
Layli Xamushning aytishicha, qizlar o’qishdan mahrum etilgani, ularning kelajagi barbod bo’layotgani achinarli hol. Lekin, deydi u, “Afg’onistonda qolib, hech bo’lmasa, boshlang’ich sinfgacha bo’lgan qizlarni o’qitish kerak”.
O’quvchilar esa allaqachon vaziyatga ko’nikib qolgan.
“Islomiy amirlikdan o’qish imkoniyatlarini oshirib, opa-singillarimizga maktabga qaytishga ruxsat berishlarini so’raymiz”, - deydi o’quvchi Suhrob Ozod.

Afg'on qizlarini radio orqali o'qitayotgan muallimlar
Zaynab ismli o’quvchi shunday fikrda:
“Islomiy amirlikdan 6-sinfdan yuqori bo’lgan qizlarga maktablar eshiklarini ochib berishlarini so’raymiz. Ular o’qishlarini davom ettirishlari lozim”.
Toliblar qizlarning maktab va universitetlarga qatnashini, xotin-qizlarning nodavlat muassasalarda ishlashini taqiqlagan.
BMT Tolibonning bu qarorini qoralamoqda. Xorijiy tashkilotlarning bu xususdagi muzokaralari, turli hukumatlarning da’vatlari hech qanday natija bergani yo’q.
UNICEF Afg‘onistonda ta’limni qutqarish uchun o‘qituvchilarga pul tarqatdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamg‘armasi tomonidan (UNICEF) Afg‘oniston maktablarini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida har bir davlat maktabi o‘qituvchisiga 100 dollar miqdorida pul tarqatib chiqildi.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilgan mablag‘lar 194 ming afg‘on o‘qituvchilariga yordam berib, millionlab maktab o‘quvchilariga o‘qishni davom ettirish imkonini bergan.
“Ushbu dasturni uzaytirish uchun 250 million dollar kerak”, deydi UNICEF’ning Afg‘onistondagi vakili Muhammad Ayola.
Uning so‘zlariga ko‘ra, UNICEF Afg‘oniston ta’lim tizimini mustahkamlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘radi. 
“Shuningdek, biz maktab anjomlarini yetkazib beramiz, o‘qituvchilarni qayta tayyorlaymiz”, deydi Muhammad Ayola.
Ayni vaqtda Afg‘onistondagi maktablarda 8,8 millionga yaqin bola ro‘yxatga olingan.
Avvalroq, BMT Afg‘onistondagi shifokorlarning maoshini bevosita to‘lashini ma’lum qilgandi.
TIKA Afg'onistonda maktab qurdi...
TIKA Afg'onistonda maktab qurdirdi.
Turk Hamkorlik va Koordinatsiya Tashkloti TIKA, Afg'onistonning Mazori Sharif shahrida 42 sinifdan tashkil topgan maktab insho etdi.
Kompyuter, ximyo, biologiya va fizika labaratoriyalari bo'lgan maktabda 8 ming o'quvchi ta'lim oladi.
Kelgusi yil xizmatga o'tishi kutilgan maktab, talabalarning sport bilan shug'ullanishi uchun futbol va voleybol maydonlari ham qurildi. Shunday qilib, Afg'onistonning rivojlanishini dastaklagan loyihalar ishlab chiqargan TIKAning, ta'lim sohasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun Afg'onistonda qurdirgan maktablar sonini 90 ga ko'tardi.
Afg‘onistonda yashaydigan bolalarning deyarli yarmi maktablarda o‘qimaydi

Afg‘oniston mamlakatida yashaydigan bolalarning deyarli yarmi maktablarda o‘qimasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda YUNISEF hisobotiga asoslanib Tolonews axborot manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, mamlakatda 7 yoshdan 17 yosh oralig‘idagi qariyb 3,7 million bola va o‘smir, ya’ni u yerdagi mazkur yosh guruhlari vakillarining 44 foizi maktabga borish imkoniyatiga ega emas. “Amerika ovozi” teleradiosining qayd etishicha, bu “Tolibon” harakati hokimiyati ag‘darilgan 2000 yil boshidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Davom etayotgan harbiy harakatlar, maktablar uchun xavfsizlik kafolati yo‘qligi, yuqori darajadagi qashshoqlik buning sabablari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘z navbatida gender tengligi bo‘yicha ham muammolar o‘tkirligicha qolgan. Masalan, ta’lim dargohiga bormaydigan bolalarning katta qismi, ya’ni 2,7 millionga yaqini qizlardir. Buni mamlakat ta’lim vazirligi ham tasdiqlagan. Xususan, Gelmend va Uruzgan kabi muzofotlarda 85 foiz qizlar maktabga yuborilmaydi.
Qizlarni erta turmushga berib yuborish odati mavjudligi ham mazkur muammoga yechim topish yo‘lidagi to‘siqlardan biridir. Bu o‘z navbatida maktablarda ayol o‘qituvchilar tanqisligini ham keltirib chiqarayotir.
YUNISEFning ma’lum qilishicha, qachonki bolalar maktab ta’limidan uzib qo‘yilsa, ular orasida yomon munosabat va eksplutatsiyaga uchrash xavfi ham ortadi. Bundan oldin, Afg‘onistondagi 7-18 yoshdagi milliondan ziyod yosh avlod vakillari ishlashga majburligi haqida ma’lum qilingandi. Ularning qariyb 15 foizi yoshi kattalarning shafqatsiz munosabatidan aziyat chekadi. Ko‘pchiligi topgan pulini oilasi ehtiyoji uchun beradi.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda hamon hukumat kuchlari bilan mavjud radikal guruhlar, xususan, “Tolibon” harakati o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatilyapti. Butun mamlakat bo‘ylab mingga yaqin maktablar yopilgan. Yaqindan “tolib”lar tomonidan ushbu davlat g‘arbiy qismlariga uyushtirilgan hujumlar oqibatida yana yuzlab ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Bunga sabab xavfsizlikka tahdiddan tashqari, jangarilar tomonidan ular nazorat qilayotgan hududlarda maktablar faoliyatining majburan tugatilishidir.

Afg‘onistonda xotin-qizlarga universitetlarda o‘qish taqiqlandi


Afg‘oniston muvaqqat hukumati Oliy ta’lim vazirligi mamlakatda mavjud universitetlarga maktub yo‘llab, talaba qizlarning ta’lim muassasalaridagi o‘qish jarayonlarida ishtirok etishini to‘xtatib qo‘yish haqida buyruq berdi.
20 dekabr, seshanba kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Oliy ta’lim vazirligi talaba qizlarning universitet o‘qish jarayonlarida ishtirok etishini to‘xtatib qo‘yish haqida buyruq berdi, deb xabar berdi Afg‘oniston telekanali Ariana News.
«Afg‘oniston Islom Amirligi Oliy ta’lim vazirligi universitetlarga maktub yo‘llab, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida qizlar uchun darslarni keyingi qarorga qadar zudlik bilan to‘xtatish zarurligi haqida ma’lum qildi», — deyiladi telekanal xabarida.
Bu qarorga darhol xalqaro miqyosda munosabat bildirildi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish qarorni qoralab, buni Tolibon tomonidan berilgan «buzilgan va’da» va «juda xavotirli harakat» deb atadi, deya xabar beradi APnews.
«Xotin-qizlarining faol ishtirokisiz, ularning ta’lim-tarbiyasisiz mamlakat qanday rivojlanishini, mavjud muammolarni hal etishini tasavvur qilish qiyin», — dedi tashkilot rahbari.
AQShning Afg‘onistondagi yarashuv bo‘yicha sobiq maxsus vakili Zalmay Xalilzod TOLOnews telekanaliga bergan intervyusida ayollarni oliy ta’limdan cheklash hayratlanarli ekanini aytdi.
«Na islomda va na Afg‘oniston tarixida bunday qarorni oqlaydigan holat yo‘q. Afg‘onistonda va butun dunyoda taniqli islom ulamolari ayollar bilan bir qatorda erkaklar uchun ham ta’lim olish islom dinining asosiy tamoyili ekanini eslatib turadi», — dedi u.
Afg'oniston yoshlariga ish va imkoniyat kerak
Yoshlar - har bir o’lkaning kelajagi. Biroq Afg’onistonda ular e’tibordan chetda. Ishsizlik keng. O’qimishlilar vatanni tark etmoqda. Giyohvandlikka mukkasidan ketganlar ham ko'p.
Afg'oniston yoshlari: Ish o'rinlari kerak, imkoniyatlar kerak-Abdulbasir Ilg'or lavhasi
“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan afg’onlar beqarorlik va iqtisodiy muammolarni asosiy sabab deb keltiradi. Bunda ular hukumatni, mas’uliyatsiz rahbarlarni ayblaydi.
Yoshlar nazarida davlat tinchlikni ta’minlab, ular uchun ish o’rinlari yaratib berishi kerak. Buning ustiga sifatli ta’lim olish uchun sharoit mavjud emas, deydi ular.
“Afg’oniston yoshlarining asosiy qiyinchiliklari - xavfsizlik va iqtisodiyot. Tinchlik va xotirjamlik bo’lmasa, yoshlar o’qiyolmaydi. Barcha viloyatlarda tinchlik ta’minlanishi kerak, yoshlar qo’llab-quvvatlanishi lozim”, - deydi o’zini G'aybulloh Uyg’un deb tanishtirgan yigit.
Hukumatga ishonch juda past. Saylovlarda odamlarni aldab, ovoz to’plash uchun katta-katta va’dalar berilgan, lekin amalda hech narsa o’zgarmagan.
“Qavmparastlik bor. Hukumatda yaqinlari ishlab yurganlar, hatto savodsiz kishilar ishga olingan, lekin tanish-bilishi bo’lmagan o’qimishli yoshlar ortda qolib kelmoqda. Agar hukumat yoshlarning qiyinchiliklarini hal etish uchun harakat qilmasa, noqonuniy yo’l bilan xorijga ketadi. Ularning bilimi ham o’zlari bilan ketadi. Bu o’lkaga zarar yetkazadi. Bunga hukumat mas’ul”, - deydi Abdulmalik Rahmoniy.
Juzijon oliygohining iqtisod fakultetida ustoz Muhammad Basir Muqimiyning fikricha, yoshlar uchun muammo shuncha ko’pki, ular har narsani katta to’siq deb tushunishadi.
“Yoshlarda umid o’lgan, orzu o’lgan. Umid o’lsa odamlar yarim jon bo’lib qoladi. Yoshlar hozir nimjon”, - deydi u.
Muqimiy nazarida yoshlar hozirgi muammolardan chiqishlari uchun qurbonlik berishlari kerak.
“Inqilobni fikrdan, harakatdan, ovozdan boshlash kerak. Yoshlar orqasida turgan qo’zg’olonlar qasrlarni nobud qilgan, barobarlikni ta’minlagan. Qo’zg’olonlar daraxti yoshlar qoni bilan sug’orilgan”, - deydi muallim.
Uning fikricha, vatanni noqonuniy yo’l bilan tark etishdan ko’ra, vaziyatga chidash ma’qul.
Dardlarini anjumanlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali butun dunyoga yetkazishi kerak.

Juzijon universiteti, o'zbek tili va adabiyoti fakultetining bitiruvchilari.

Juzijon universiteti, o'zbek tili va adabiyoti fakultetining bitiruvchilari.
Afg'onistonlik ziyoli: Yoshlarimiz O'zbekistonda o'qishi kerak
Afg'onistonda o'zbek tilining nufuzi so'nggi 15 yil ichida qayta kuchaygani
aytilmoqda. Ilgari mamlakatning ayrim hududlarida hatto bu tilda yozish va o'qish man etilgan edi, deydi afg’onistonlik o’zbek ziyolilari.
Tilshunos Nurulloh Oltoy Juzjon universitetining ijtimoiy fanlar fakulteti o'zbek tili va adabiyoti bo'limida dars beradi. Uning aytishicha, har bir tilga uni o'rab turgan muhit, sharoit va tillar ta'siri juda ko'chli bo'ladi. Shuning uchun ham o'zbek tili Afg'onistonda fors tili, O'zbekistonda esa rus tili ta'sirida yashagan, deydi u.
Bu ikki hududda xalq tili grammatik nuqtai-nazardan emas, balki so'zlarda bir-biri bilan farq qiladi. O'zbekistonda o'zbek tiliga ruscha so'zlar, Afg'onistonda esa ko’proq forscha va arabcha so'zlar kirib kelgan.
"Bodg'isdan Badaxshongacha o'zbek xalqi ko'pchilikni tashkil etadi. Bu yerda o'zbek tili unutilib ketgan til ham emas. Uylarda, ko'cha-bozorlarda o'zbek tilini eshitasiz. O'zbek tili inqiroz yoqasida turmagan. Lekin tilimiz o'z o'rnini topib, adabiy til darajasiga ham ko'tarilmagan. Tilning taraqqiyoti uchun yagona manba maktablar hisoblanadi. Afg'onistonda bizning tilimiz bitta predmet, mazmun sifatida o'qitiladi. U maorif tili darajasiga ko'tarilmagan. Yana tilning rivoji, o'sishi va adabiy til o'z o'rnini topishi uchun matbuotning ham roli katta", - deydi Nurulloh Oltoy.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda Afg’onistonda Tolibon joriy etgan cheklovlar va og’ir iqtisodiy vaziyat bois ayrim xususiy maktablar yopilgan. Ba’zilari qiyin ahvolda bo’lsa-da, faoliyatini davom ettirmoqda.


Qataroti Nur nomidagi xususiy maktab Kobulning Xushholxonmina hududida joylashgan bo’lib, so’nggi to’rt yillik faoliyati davomida turli muammolarni boshdan kechirgan.
Layli Xamushning aytishicha, qizlar o’qishdan mahrum etilgani, ularning kelajagi barbod bo’layotgani achinarli hol. Lekin, deydi u, “Afg’onistonda qolib, hech bo’lmasa, boshlang’ich sinfgacha bo’lgan qizlarni o’qitish kerak”.
Unga ko‘ra, mamlakatda 7 yoshdan 17 yosh oralig‘idagi qariyb 3,7 million bola va o‘smir, ya’ni u yerdagi mazkur yosh guruhlari vakillarining 44 foizi maktabga borish imkoniyatiga ega emas. “Amerika ovozi” teleradiosining qayd etishicha, bu “Tolibon” harakati hokimiyati ag‘darilgan 2000 yil boshidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling