Mavzu: Avtamabil dvigatelining umumiy tuzulishi va asosiy korsatkichlari Reja


«GM-UZBEKISTON» (UzDAEWOO) qo‘shma korxonasining kisqacha tarixi


Download 1.07 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1549409
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu. Avtamabil dvigatelining umumiy tuzulishi va asosiy korsatkichlari

«GM-UZBEKISTON» (UzDAEWOO) qo‘shma korxonasining kisqacha tarixi:
1992-yil iyun oyi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Janubiy Koreyaga birinchi marta tashrif buyurib, DAEWOO zavodi bilan tanishdi.
1992-yil iyul oyi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari hamkorlikda Asaka shahrida avtomobil zavodi qurilishi to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
1996- yil mart oyi.
Konveyerdan birinchi DAMAS avtomobili ishlab chiqarildi.
1996-yil iyul oyi.
Asakadagi avtomobil UzDAEWOO zavodi to‘liq ishga tushdi. Konveyerdan NEXIA, DAMAS, TICO avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi.
1996-yil 25-avgust oyi.
Rossiya Federatsiyasiga birinchi partiya avtomobil eksport qilindi.
1999-yil dekabr oyi.
Boshqaruv tizimini sifatini sertifikatsiya qilishni halqaro ISO 9011 standartlariga muvofiqlashtirish amalga oshirildi.
2001-yil may oyi.
Zavoddan 250 000 avtomobil ishlab chiqarildi
2001-yil avgust oyi.
O‘zDEU zavodida ishlab chiqarilgan yangi MATIZ avtomobilining prezentatsiyasi bo‘lib o‘tdi va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2002-yil sentabr oyi.
NEXIA DOHS avtomobilining ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2003-yil fevral oyi.
Boshqaruv tizimini sifatini sertifikatsiya qilishni halqaro ISO 9001 standartining 2003 yildagi versiyasi muvofiqlashtirish amalga oshirildi.
2003-yil avgust oyi.
LACETTI avtomobili va avtomatik uzatmalar quttisi bilan jihozlangan MATIZ avtomobili ishlab chiqarildi.
2005-yil yanvar oyi.
Dvigatel ish hajmi 1 litrli MATIZ best avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2005-yil oktabr oyi.
Asaka zavodi konveyerdan 500 000 avtomobil ishlab chiqarildi.
2006-yil fevral oyi.
Yangi avtomobil markasi DAMAS-2 avtomobili ishlab chiqarildi.
2007-yil may oyi.
O‘zbekiston boshqaruv tizimi GM DAT bilan strategik sheriklik to‘g‘risida hamkorlik imzolandi, kelajakda NEXIA va MATIZ avtomobillarining ishlab chiqarish lokalizatsiya qilish va O‘zDEU yangi rusumlarini ishlab chiqarishga kelishildi.
2008-yil mart oyi.
Yangi GM-UZBEKISTON qo‘shma qorxonasi tashkil topdi va Shevrolet markasi ostida CAPTIVA, YEPICA, TACUMA avtobillari ishlab chiqarila boshlandi.
2008-yil mart oyi.
NEXIA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va ishlab chiqarish boshlandi.
2010-yil.
SPARK avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va ishlab chiqarish boshlandi.
2011-yil avgust.
CAPTIVA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‘tkazildi va 2012- yilning fevral oyidan boshlab ishlab chiqarildi. 2012-yil mart.
MALIBU avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va 2012-yilning iyun oyidan boshlab ishlab chiqariladi.
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi. Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobillotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi. Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir. Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari kiradi. Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi. Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi.


Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan. Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi. Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O‘rindilar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi. Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:

Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir. Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash. U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:



Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma. Tizim–bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi (masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar). Mexanizm–harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma. Uzel–mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha detallar birikmasi. Detal–mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim qismi.

Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:



Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar). Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.

Dvigatel – bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida). Transmissiya – burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling