Mavzu: Avtomatika vositalarini montaj qilishni laboratoriya stendlarida o‘rnatish


Ichki tomondan ko‘rinishi chizmasi


Download 491.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1161587
1   2   3
Bog'liq
Aslo\'s Qa o\'z 2

Ichki tomondan ko‘rinishi chizmasi. 
Bu chizma “ichki tomondan ko‘rinish” deb nomlanib, hamma panellar ochib 
ko‘rsatiladi va ularda hamma o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish vositalari va 
boshqa elementlar ko‘rsatiladi (rasm...). 
Elektr ulash simlari uzluksiz, trubali impulsli ulanishlar shtrix va o‘lchash 
zanjirlari chiziqlari shtrix punktir chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. 
Xamma o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari uchun pozitsion 
belgilanishlari ko‘rsatilib, bunda: 
-o‘lchov asboblari pozitsiyalari spetsifikatsiya bo‘yicha, 
-elektr va pnevmo-apparatura pozitsiyalari prinsipial chizmalar bo‘yicha 
-qisqichlar bloklari belgilanishida XT va tartib raqami ko‘rsatiladi, 
-pnevmatik manba belgilanishida P va tartib raqami ko‘rsatiladi. 
Simlarning ichki ulanish chizmalari grafik usuli, adresli yoki tablitsa 
usullaridan biri ko‘rinishida bajarilishi mumkin. 
Grafik usuli: 
Chizmada 
avtomatlashtirish 
elementlarini 
ulanishi uzluksiz yoki uzlukli chiziqlar ko‘rinishida 
aloxida va o‘ramlarda ko‘rsatiladi. 
Ulanishlar o‘lchov asboblariga ulangan joylari 
prinsipial sxemalar yoki tashqi ulanish chizmalari 
asosida markirovkalanadi.
Masalan, prinsipial sxemada KV1 o‘lchov 
asbobining 2 - kontakti KV3 asbobining 3-kontakti 
bilan ulangan va u 78-nomer bilan markirovkalangan. 
Adres usuli: 
Bu usulda ulanish uzlukli yoki uzluksiz chiziqlar ko‘rinishida ko‘rsatiladi. 
YA’ni simning bir uchi avtomatlashtirish elementlarining chiqish klemmasiga 
ulansa, ikkinchi uchi markirovkalanadi va qayerga ulanish manzili ko‘rsatiladi. 
Misolda ko‘rsatilishicha KV1 asbobning 2-klemmasi KV3 asbobning 9-
klemmasiga ulanadi va 78 raqami bilan markirovkalanadi. 
Jadval usuli: 
Bu usulda ulanish chizmasi o‘rniga ulanish jadvali tuziladi va unda ma’lum 
bir formada shchit ichidagi ulanishlar manzillari ko‘rsatiladi. 


Jadval 2. Shchit ichidagi 
ulanishlar jadvali.
 
“Simlarning 
ulanishi” 
jadvali 
ustunlari 
quyidagicha 
to‘ldiriladi. 
“Ulovchi sim” (provodnik) 
ustunida prinsipial sxema yoki 
tashqi ulanishlar chizmasidagi 
simlarning markirovka raqami 
ko‘rsatiladi. 
Ulovchi 
simlar 
manzillarini “qayerdan kelyapti” 
va 
“qayerga 
ketayapti” 
ustunlariga 
kasr 
ko‘rinishida 
yoziladi. Bunda kasr suratiga o‘lchov asbobi yoki qurilmaning pozitsion 
belgilanishi, maxrajda esa o‘lchov asbobi yoki qurilmaning kontakti nomeri 
qo‘yiladi. “Ulovchi sim qo‘rsatkichlari” ustunida ulovchi sim markasi, kesim 
yuzasi ko‘rsatiladi. 
Kasr chizig‘i o‘rniga ikki nuqta xam qo‘llanishi mumkin. 
Agar o‘lchov asbobining bir nechta kalotkalari bo‘lsa unda kalodka nomeri 
ko‘rsatiladi. Masalan: 18v-K2:5, 18v pozitsiyadagi 2-kolodkaning 5-klemmasi. 

Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling