Mavzu: avtomatlashtirishning texnik vositalari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 31.5 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1257806
Bog'liq
ATV haqida umumiy ma\'lumotlar


MAVZU: AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI — turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning o‘zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni o‘zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilann taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Sig-nallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus o‘zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar), signalni o‘zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (o‘zgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axboroti-ni uzatish vositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o‘xshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV va asbob va avtomatlashtirsh vositalarining Davlat tizimi (ADT) lariga ta’aluqli umumiy savollarni o`rganish zaruriyati avtomatlashtirishning texnik vositalari ADTning ajralmas qismi hisoblanishini takidlaydi. ATV ishlab chiqarishning sanoatlashgan va sanoatlashmagan soxalarida information-boshqarish tizimlarini amalga oshirish asosini tashkil qiladi. ADTning tashkil qilish tamoyillari ko`p darajada texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari texnik ta’minotini loyihalash bosqichi mohiyatini belgilaydi. O’z navbatida, ADT asosini texnik vositalarning muammoli-taxminiy agregat komplekslari tashkil etadi.
Avtomatlashtirishning tipik vositalari texnikaviy, apparatli, dasturiy-texnik va umumtizimli bo`lishlari mumkin.
Avtomatlashtirishning texnik vositalariga quyidagilar tegishli:

  • Datchiklar;

  • Ijro mexanizmlari;

  • Rostlash organlari;

  • Aloqa liniyalari;

  • Ikkilamchi asboblar(ko`ratuvchi va qayd etuvchi);

  • Analog va raqamli rostlash qurilmalari;

  • Dasturiy-beruvchi bloklar;

  • Mantiqiy-buyruqli boshqarish qurilmalari;

  • Ma’lumotlarni yig`ish va ularga birlamchi ishlov berish hamda boshqarishning texnologik ob’ekti(BTO) holatini nazorat qilish moduli;

  • Galvanik yechim va signallarni me’yorlashtirish modullari;

  • Signallarni bir shakldan boshqasiga o`zgartiruvchi qurilmalar;

  • Boshqarish signallarini ishlab chiqarish va qayd etish, indikatsiyalash, ma’lumotlarini ko`rsatish modullari;

  • Buferli hotira qurilmalari;

  • Dasturlashgan taymerlar;

  • Maxsus mo`ljallangan hisoblash qurilmalari;

Avtomatlashtirishning dasturiy-texnik vositalariga quyidagilar tegishli:

  • Analog-raqamli va raqamli-analog o`zgartirgichlar;

  • Boshqaruvchi vositalar;

  • Ko`p konturli analog va analog-raqamli rostlagich bloklari;

  • Ko`p aloqali dasturli mantiqiy boshqarish qurilmalari;

  • Dastur yoziladigan mikrokontrollerlar;

  • Lokal-hisoblash tarmoqlari.

Umumtizimli avtomatlashtirish vositalariga quyidagilar tegishli;

  • Biriktirish qurilmalari va aloqa adapterlari;

  • Umumiy hotira bloklari;

  • Magistrallar(shinalar);

  • Umumtizimli diagnostika qurilmalari;

  • Ma’lumotlarni to`plash uchun to`g`ridan-to`gri ruhsat etilgan prosessorlar;

  • Operator pultlari.

Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling