Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis
Download 3.14 Mb.
|
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis
20. Mavzu: Nazorat o‘lchov asboblari, datchiklar, elektron blok, displeylar, spidometr, taxometr, bosib o‘tilgan yo‘lni xisoblagich holatini tekshirish va txk. Zanjirlardagi uzilishlar, qisqa tutashuvlarni aniqlash, yaroqsiz simlar va kuygan saqlagichlarni almashtirish.
Avtomobillardagi nazorat-o'lchov asboblari, haydovchiga namoyish etiladigan ma'lumotlarni tasvirlash usuliga ko’ra ko'rsatuvchilarga va daraklovchilarga bo'linadi. Ko'rsatuvchi asboblar shkala va strelkaga ega. O'lchanayotgan kattalikni baholash uchun haydovchi bir oz muddatga avtomobil harakatini kuzatishdan chalg'ishi, ya'ni asbob shkalasiga qarashi va undagi ko'rsatkichni idrok etishi kerak. Daraklovchi asboblar o'lchanayotgan parametrning bitta (ruxsat etilgan minimal yoki maksimal) qiymatini his etadi va bu haqda yorug'lik (ba'zan tovush) signali orqali darak beradi. Daraklagich haydovchini avtomobilni boshqarish jarayonidan kam chalg'itsa-da, lekin oz ma'lumotga ega. Avtomobil asboblariga ularning ishlash sharoitini hisobga olgan holda qattiq lalablar qo'yiladi: asboblar titrash (vibratsion) va zarbiy yuklanishlarga 10—15 g gacha chidashi, atrof-muhit harorati -45°C dan +80°C gacha bo'lganda ishlay olishi, ta'minlash kuchlanishi 10-16 V (nominal kuchlanish 12 V) oraliqda va barometrik bosim 86,4 - 106,4 kPa oraliqda o'zgarganda xatolikni oshirib yubormasligi kerak. Avtomobil asboblari tuzilishi bo'yicha elektr va mexanik asboblarga bo'linadi. Elektr asboblar avtomobilning elektr tarmog'idan tok bilan ta'minlanadi. Mexanik asboblar esa, o'lchanayotgan muhitning quvvatidan foydalanib, ma'lumotlar beradi (masalan, moylash tizimidagi bosimni o'lchovchi manometrlar). Elektr asboblarning afzalligi shundaki, signallarning nazorat joyidan kuzatish joyiga uzatilishi sodda bo'ladi. Elektr nazorat-o’lchov asbobi (ko'rsatkichi) signallarni uzatish uchun o'zaro simlar vositasida tutashtirilgan datchik va priyomnikdan iborat (63-chizma). Nazorat qilinadigan joyga asbobning datchigi, kuzatish joyiga esa priyomnik o'rnatiladi. Datchik odatda nazorat qilinadigan parametrni (kirish signalini) o'lchovchi sezgir elementdan tashqari, signalni priyomnikning sezgir elementiga uzatish uchun elektr kattalikka aylantirib beruvchi qandaydir o'zgartirgichga ham ega bo'ladi. Priyomnikka kelgan signal strelkani ko'chishiga aylantiriladi va shkalaga qarab nazorat qilinayotgan parametrning qiymati aniqlanadi. Daraklovchi asboblarda signal chirog'i priyomnik vazifasini o'taydi. Avtomobillarda asboblarning joylashuvi muhandislik psixologiyasi tavsiyalariga bo'ysunishi va avtomobil kabinasi yoki kuzovining estetik jihozlanishiga mos tushishi kerak. Asboblar va daraklagichlar avtomobilning peshoynasida aks etmasligi, shuningdek, asboblar oynasidan ham akslanmasligi zarur. Nazorat-o'lchov asboblari avtomobillarga o'rnatilgan radio, televizor va aloqa vositalariga xalal beruvchi har xil shov-shuvlar hosil qilmasligi lozirn. Barcha nazorat-o'lchov asboblari vazifasjga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: harorat o'lchovchi (harorat ko'rsatkichlar); bosim o'lchovchi (bosim ko'rsatkichlar); yonilg’i sathini o'lchovchi (sath ko'rsatkichlar); akkumulator batareyasini zaryadlanish rejimini nazorat qiluvchi (kuchlanish va tok ko'rsatkichlar); avtomobil tezligini va bosib o'tilgan yo'lni o'lchovchi (spidometrlar); aylanishlar chastotasini o'lchovchi (toxometrlar): yonilg’ining tejamli sarfini tanlovchi (ekonometrlar); avtomobilning harakat tezligini, bosib o'tilgan yo'lni va yonilg’i sarfini uzluksiz o'lchovchi va qayd qiluvchi (taxograflar). Asboblaming qiymati avtomobilning umumiy qiymatiga qaraganda sezilarli emas, ammo ular nazorat qiladigan va ishdan chiqishining oldini oladigan agregatlarning qiymati asboblar qiymatidan yuzlab marta ortiqdir. HARORATNI NAZORAT QILUVCHI ASBOBLAR Termorezistorli datchigi va magnitoelektrik priyomnigi bo'lgan harorat ko'rsatgichlar GAZ , VAZ, MAZ, KrAZ, KaMAZ va boshqa avtomobillarda qollaruladi, ularning o'lchash chegaralari 40 dan 120°C gachani tashkil qiladi. TM-100 datchigi (64-chizma,a) jezli ballon ko'rinishida bo'lib, tashqi qismi kalit tushadigan olti qirrali holda hamda datchikni qotirish uchun rezbali qilib ishlangan. Ballonning ichki qismidagi tekis tubiga termorezistor prujina bilan siqib qo'yilgan. Ballon devorlari bilan prujina orasiga muhofazalovchi vtulka joylashtirilgan. Termorezistor harorati 40 dan 120°C gacha ortganda uning qarshiligi 450 dan 50 Om gacha kamayadi. Bu esa magnitoelektrik priyomnikning o'lchash g'altaklari orqali o'tayotgan tokning ortishiga olib keladi. Vint datchikni priyomnik bilan tutashtirish uchun xizmat qiladi. Priyomnik ikki qismdan iborat bo'lgan plastmassa karkasga ega. Karkasning ikki qismi o'zaro vintlar yordamida biriktirilgan va unga uchta o'lchash g'altaklari o'ralgan. Ikkinchi g'altak boshqa ikkita g'altakka nisbatan 90° burchak ostida o'ralgan. Birinchi va uchinchi g'altaklar bir-biriga qaratib o'ralgan cho'lg'amlarga ega bo'lib, ular qarama-qarshi yo'nalishdagi magnit oqimlarini hosil qiladi. Karkas ichida, strelka bilan bitta o'qqa mahkamlangan muttasil magnit joylashgan. Magnit buriladi va uchta g'altak magnit maydonining natijaviy kuchlanganlik vektorini magnit kuch chiziqlari bo'ylab o'rnashadi. Karkasning pastki yarim qismiga disksimon magnit va strelka o'qining turumostligi o'rnatilgan. Magnit o'qining ikkinchi podshipnigi vazifasini karkasga mahkamlangan va asbob shkalasiga tayanch bo'lgan plastinaning teshigi bajaradi. Plastina va magnit o'qiga mahkamlangan shayba orasiga hamda plastina podshipnigiga qo'zg'aluvchan tizim tebranishlarini pasaytiruvchi dempferlash (so'ndirish) moyi surtiladi. Ashob o'chirilgandan so'ng qo'zg'aluvchan tizimni nol holatga qaytarish uchun karkasning pastki yarim qismiga kichkina magnit o'rnatilgan. Magnit va g'altaklar bilan yig'ilgan karkas, magnitga boshqa magnit maydonlari ta'sir etmasligi, shuningdek. g'altak maydonlari boshqa asbohlarning ko'rsatishlariga ta'sir etmasligi uchun ekranlovchi silindrga joylashtirilgan. a-termorezistorli TM-100 datchigi; b-magnitoelektrik priyomnikdagi o'lchash uzelining ko'ndalang kesimi; d-24 V li magnitoelektrik priyomnikdagi o'lchash uzelining elektr chizmasi; g-priyomnik g'altaklarining kuchlanganlik vektorlari diagrammasi; e-avariyali (halokatli) harorat daraklagichining TM-111 datchigi. Datchik va priyomnik ta'minlash zanjiriga ulanganda tok ikkita parallel zanjirlar bo'ylab o'tadi: birinchisi - priyomnikning g'altaklari hamda termokompensatsiyalovchi rezistor, ikkinchisi - priyomnik g'altagi va datchik termorezistori. Birinchi zanjirdan o'tadigan tok magnit maydonning deyarli o'zgarmas bo'lgan Hi va Hu kuchlanganlik vektorini hosil qiladi. Ikkinchi zanjirdagi tok datchik haroratiga bog'liq bo'ladi va uchinchi g'altakdagi Hsh kuchlanganlik vektorining qiymatini sezilarli darajada o'zgartiradi. Bu esa magnitni strelka bilan birgalikda, priyomnik shkalasiga nisbatan burilishiga sabab bo'ladi. Datchik termorezistorining harorati past bo'lganda, g'aliakdagi tok uncha sezilarli bolmagan Hsh kuchlanganlikni hosil qiladi va Hsh yig'indi vektor magnitni strelka bilan birga priyomnik shkalasidagi past haroratlar chegarasiga o'rnashtiradi. Datchikning yuqori haroratida termorezistorning qarshiligi keskin pasayadi, g'altakdagi tok ortadi. Shu g'altakdagi magnit maydonning Hsh' kuchlanganlik vektori o'sadi va barcha g'altaklardagi magnit maydonlar kuchlanganligining He yig'indi vektori magnit hilan strelkani soat strelkasi bo'yicha yuqori haroratlar chegarasi tomon og'diradi. Priyomnik korpusida termokompensatsiyalovchi konstantali rezistor (100 Om) va 24 V li ko'rsatkichlar uchun mo'ljallangan qo'shimcha rezistor (120 Om) joylashtirilgan. Ko'rsatkichning asosiy ruxsat etilgan xatoligi 80 va lOO0 C haroratlarda ±5°C dan ko'p emas. Strelkali priyomnik, issiqlik rejimi birdaniga buzilganda uni haydovchi tomonidan darrov payqash mumkinligini kafolatlamaydi. Shuning uchun strelkachi priyomnikka qo'shimcha sifatida, datchik va qizil nurfiltili daraklovchi chiroqdan iborat bo'lgan avariyali (hatokatli) harorat daraklagichi o'rnalilishi mumkin. Download 3.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling