Mavzu: Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagajni tashish Reja


Xalqaro yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish


Download 20.37 Kb.
bet2/5
Sana09.05.2023
Hajmi20.37 Kb.
#1447869
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yo\'lovchi va bagaj tashish

Xalqaro yo`nalishlarda yo‘lovchilarni tashish
O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g’risida”gi qonunining
7-moddasiga binoan xalqaro tashishlar jumlasiga yo`nalish masofasidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisidan ichkariga amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Bugungi kunda xalqaro yo`nalishda yo`lovchilar tashish Yevropa mamlakatlarida ko`proq rivojlangan.
Xalqaro yo`nalishlarda yo`lovchilarni tashish davlatlarning xalqaro yo`nalishlarda yo`lovchilarni tashishni amalga oshirish bo`yicha o`zaro kelishuv shartlari va me`yoriy xujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro yo`nalishlarda avtomobillarda yo`lovchilarni va bagajlarni tashishni tashkil etish bo`yicha me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish bilan Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi Ichki transport qo`mitasi shug’ullanadi va u tayyorlagan xujjat “Xalqaro yo`nalishlarda avtomobillarda yo`lovchilarni va bagajlarni tashish Konvensiyasi” deb ataladi.
Avtobuslarda xalqaro tashish muntazam, muntazam bo`lmagan, mayatnik va mulkiy turlarga bo`linadi .
Muntazam xalqaro yo`nalishda yo`lovchilar tashish avvaldan belgilangan yo`nalish, harakat jadvali va tariflar asosida amalga oshiriladi. Harakat jadvalida yo`lovchilarning avtobusga chiqish va tushish bekatlari ham ko`rsatiladi.
Muntazam bo`lmagan xalqararo avtobus yo`nalishida har bir tashish uchun kelishuv shartnomasi tuziladi. Bunday tashishlar ko`proq ekskursiyalar, ziyoratlar uyushtirilganida yoki sport musobaqalari tashkil etilganida amalga oshiriladi.
Mayatnik turida bir davlatdan ikkinchi davlatga dastlabki harakatlanish boshlangan davlatga qaytarib olib kelish sharti bilan bir guruh yo`lovchilarni tashish tashkil qilinadi.
Mulkiy xalqaro yo`lovchilar tashishda yo`lovchilarni tashish tadbirkorlik maqsadida emas, balki tashkilotlarning ishchi va xizmatchilarini olib borib qo`yish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda korxonalar o`z avtobuslaridan yoki boshqa tashkilotlardan ijaraga olingan avtobuslardan foydalanadilar.

Download 20.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling