Mavzu; Avtomobil transportini hisoblash Reja: Karyer transporti Avtomobil transporti


Download 235.71 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi235.71 Kb.
#1530228
  1   2   3
Bog'liq
Avtomobil transportini hisoblash


Mavzu; Avtomobil transportini hisoblash

Reja:
1.Karyer transporti
2.Avtomobil transporti
3.Karyer avtotransporti yo‘llari va harakatlanish sostavining tavsifi


Karyer transporti kon massasini (qoplama jins va foydali qazilmalar) kavjoydan to‘kish punktlariga tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Konlami qazib olish samaradorligi karyer transportining aniq ishlashiga bog‘liq. Karyer transporti jarayonlari o‘ta mehnattalab bo‘lib, unga sarflanadigan xarajatlar mahsulot tannarxining 45-65% ni ayrim hollarda esa, 60 - 65% ni tashkil qiladi.
Kon ishlarini olib borishning quyidagi maxsus sharoitlari karyer transportining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: - qisqa tashish masofasida katta hajmdagi yuklami transport qilishning markazlashgan (bir tomonlama) ycf nalishiga ega bo'lishi; - transport vositalarini yuklash punkti (kavjoyni) va yukni to‘kish punktlarini doimiy o‘zgarib turishi tufayli transport kommunikatsiyalarini davriy surilib turishi; - yukni tashish yo‘nalishida transport vositalarining ma’lum balandlikka ko'tarilishi zarurligi; - tashiladigan kon massasining qattiqligi, zichligi, timovchanligi va undagi jins bo‘laklarining turli o‘lchamlarga ega bo‘lishi transport uskunalarining pishiq va yuritkichlari quvvati yuqori boiishini talab qiladi.
Harakatlanish prinsipiga ko‘ra transport vositalari siklli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi.
Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to‘kish punktlarigacha), yukni to‘kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o‘rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig‘indisidan tashkil topadi. Siklli transporda (temiryo‘l, avtomobil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to‘kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo‘ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar bir vaqtda parallel bajariladi.
Karyer yuk avtomashinalari konstruktiv tuzilishi bo'yicha ikkita asosiy guruhga ajratiladi: avtosamosvallar va avtopoyezdlar yarimpritsepri tyagachlar va pritsepli tyagachlar Avtosamosval — ramasiga o'rnatilgan mustahkam konstruksiyali kuzovga ega bo'lgan avtomobil bolib. orqaga yoki yonga yuk tushiradi.


Download 235.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling