Mavzu: Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi


Download 31.4 Kb.
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi31.4 Kb.
#1438704
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot kutubxona ondi


Mavzu: Axborot kutubxona fondi tushinchasi va kutubxona fondshunosligi

Reja:
Kirish.



  1. Axborot-kutubxona fondining o‘ziga xos belgi va xususiyatlari.

  2. Axborot-kutubxona fondini shakllantirish.

  3. Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi.

  4. Axborot-kutubxona fondini modellashtirish.

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar.

Kirish.
Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‘lib, uning mohiyatini kuzatish orqali bilib bo‘lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‘arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‘rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‘rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya’ni bo'limlar yoki bo‘laklarga bolinadi.
Agar kutubxona fondini tizim deb olsak, unda bu tizimni tashkil etuvchi elementni topish lozim. Bu element — hujjatdir. Hujjat alohida kitob, matbuot, audivizua 1 material bo‘lishi mumkin. Tizim tushunchasi xuddi element tushunchasiga o‘xshab nisbiydir. Agar alohida kutubxona fondini tizim deb olsak, shu fondning har bir bo‘limi uning kichik tizimi hisoblanadi. Mazkur kutubxona fondi boshqa kutubxonalar fondi bilan birga qo‘shib olinsa, unda super tuzilma hosil bo‘ladi (MKS). Agar shu kutubxonalarning fondini bir tuzilma deb olsak, bitta kutubxona fondini esa kichik tizim yoki element deb olish mumkin.
Kutubxona fondlari — kutubxona deb atalgan tuzilmaning bir qismi, ya’ni kichik tizim bo‘lib hisoblanadi. Lekin avvallari biblioteka grekcha “kitob saqlanadigan joy” degan tushunchagina bo‘lgan va faqat shu vazifani bajaradi, deb o‘ylangan, 1930-yilgacha o‘rta kitob fondiga ega bo‘lgan joyni “biblioteka” deyishgan, ko‘p kitobga ega bo‘lgan kutubxonalarni esa kitob saqlanadigan joy (книгохранилище) deb atashgan.
Bu g‘oya juda ko‘p yillar mobaynida hukmron bo‘lib, kutubxonalarni faqat kitob saqlanadigan joyga aylantirib qo‘ydi va uning asosiy vazifasi — kitobxonlarga xizmat qilishga soya soldi. “Fond” so‘zi kutubxonashunoslikda 20-yillarda paydo bo‘lib, 30-yillarda «fondlar» atamasi qollana boshlandi. 40-yilga kelib esa fond kutubxonaning bir bolagi deb tan olindi hamda kutubxona tizimining kichik bir tuzilmasi deb aniqlik kiritildi.


Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling