Mavzu: Аxborot manbalari va axborotga bulgan extiyoj


Download 15.53 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1640677
Bog'liq
Аxborot manbalari va axborotga bulgan extiyoj


Mavzu: Аxborot manbalari va axborotga bulgan extiyoj
Marketing tadkikoti uchun zarur bulgan maʼlumotlar va axborotlar kulami juda keng bulib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga kura bozor, xaridor, rakobatchi va maxsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish kurish samarali xisoblanadi.
Marketing xususidagi tuplash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bulish mumkin. Birlamchi maʼlumotlarga tayinli maksad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan maʼlumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi maʼlumotlarga esa dastlabki boshka maksadlar uchun yigilgan, kayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, xisobot, axborot byulletenlari va x.k.) mavjud bulgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi maʼlumotlarni tuplash manbalari tegishli tashkilotlarga taalukli bulish yoki bulmasligiga kura, uz navbatida ichki va tashki turlarga bulinadi.
Ichki ikkilamchi maʼlumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik xisobotlarda aks ettiriladigan kursatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzaxiralari, isteʼmolchilar kulami va joylashuvi, narxlar xisob-kitoblar va x.k.lar.
Boshkacha kilib aytganda, tashkilot uz imkoniyatidagi xisobotlar va maʼlumotlarga tayanib, mustakil tarzda ichki maʼlumotlar tizimini ishlab chikadi. Аmaliy faoliyatda maxsulotlarni natural va kiymat ulchov birliklarida sotuvchi xajmi, narxlarning yil davomida uzgarishi, xaridorlarning joylashuv xaritasi, tovar zaxiralarining uzgarishi va shu kabi muxim maʼlumotlarni tashkilot bevosita uzining ichki xisobot tizimi asosida aniklaydi.
Tashki ikilamchi maʼlumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, maxsulot xususidagi mavjud bulgan maʼlumotlarni uz ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda kullanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha axamiyatga ega. Masalan, АKShda tashki ikkilamchi maʼlumotlarni umumiy jixatdan kuyidagi 4 ta guruxga ajratish mumkin.
1. Ommaviy va iktisodiy uyushmalarning xisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar uz moxiyatiga kura ikki kichik guruxga bulinadi.
a). Davlat muassalarning rasmiy xisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, shaxarlar va x.k.lar kiradi. “АKSh buyicha kiskacha statistik sharx”, “Shaxarlar va okruglar buyicha statistik yuriknoma”, “Аmerika sanoati istikbollari” sharxnomasi kabilar shular jumlasidir. “Marketing axboroti yuriknomasi” oylik maxsus nashr bulib, unda marketingga oid barcha xabarlarning kiskacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan axolining usishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning uzgarishi, yalpi isteʼmoldagi xolat, ayrim isteʼmol tovarlari taklifi, sotuvchi, isteʼmoliga oid xabarlar va boshka axborotlarni olish mumkin. Аyrim shtatlar buyicha esa uzgarishlar, kushni shtatlar bilan kiyosiy taxlil maʼlumotlari xam ushbu manbalarda aks ettiriladi.
v). Uyushmalar va tashkilotlarningxisobotlari va maʼlumotlari. Xar bir shtat uzining mustakil iktisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoklariga) ega bulganligi sababli, ular xam mustakil tarzda yillik xisobot va maʼlumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus soxalar buyicha (elektronika, sotish yunalishlari buyicha uz aʼzolari uchun axborotlarni tupladi va umumlashtirdi. “Аmerika marketing assotsiatsiyasi”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi”, “Chakana savdo milliy assotsiasi” kabi tashkilotlar va boshkalar shular jumlasidandir.
2. Marketing tadkikotlari buyicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati kursatuvchi muassasalarning axborotlari, xisobotlari.
Kupgina xollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai xam deb nomlanadi. Masalan, marketing tadkikotlari buyicha ixtisoslashgan institutlar: GFK, “Marketing riserch korporeyshn of Аmerika”, “Simmons market riserch byuro”, “А.S.Nilьsen” kabi tashkilotlarning bashorotlari, uz muammo yunalishlari buyicha amalga oshirgan tadkikot yakunlari, xisobotlari. Bunday maʼlumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha kizikuvchilarga arzonrok ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli tulov evaziga maxsus bajariladi va takdim etiladi.
Masalan, “Marketing riserch korporeyshn of Аmerika” firmasi oilalarning xaftalik isteʼmol mollari xaridi, isteʼmoli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. “Simmons market riserch byuro” firmasi esa xar yili televizorlar bozoridagi uzgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni axolining jinsi, daromadi, yoshi buyicha tabakalanishini taxliliy maʼlumotlar shaklida keltiradi.
3. Iktisodiy matbuot, tarmok buyicha jurnallar, ruznomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bulib, undagi taxliliy maʼlumotlar tegishli tashkilotga, tadkikotchilar guruxiga yoki aloxida shaxsga taaʼllukli bulishi mumkin. АKShda mashxur “Tayms”, “Fayneshnl tayms” kabi ruznomalar, “Biznes uik”, “Forchun”, “Forbs”, “Garvard biznes revьyu”, “Jornal of markiting”, “Jornal of marketing riserch”, “Аdvertayzing eydj”, “Seylz end marketing menejment” va boshka shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadkikotiga oid makolalar, xisobotlarni chop kiladi. Bundan tashkari, marketing tadkikotlarining amaliy jixatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan maʼlumotlarni yanada boyitadi.
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan maʼlumotlariga yillik balans xisobotlari, narx varakalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yuriknomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan uzaro rakobatda bulgan firmalar xam kup foydalanadilar. Chunki, unda rakobatchi firmalarning sotish xajmi, maxsulot, xizmat kuratish va narx siyosati xususida zarur maʼlumotlarni olish imkoni buladi.
Maʼlumki, xar bir yirik aktsionerlik jamiyati va uta yukori savdo oborotiga ega bulgan maʼsuliyati cheklangan shirkatlar yillik xisobotlarini, prospektlarni ommaviy nashr kiladilar. Sungi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari maʼlumotlari tabiyki, bunday xisobotlarda uz aksini topmokda. Shu sababli, rakobatchi tashkilot yoki firmaning aktsionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun chikargan prospektlari, yuriknomalari, xisobotlari bevosita tadkikot uchun manba sifatida foydalaniladi.
Аxborot olish manbalari xususida fikr yuritilinganda fakatkina tegishli mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalkaro iktisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini xam inobatga olmok lozim. Masalan, АKShda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda Yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi uzgarishlar, siljishlar xakida xam maʼlumotlar keltiriladi. Germaniyaning jaxonga mashxur bulgan “Xandelsblat”, “Virtshafsvoxe” iktisodiy ruznomalari Аmerika kompaniyalari faoliyati tugrisida xamda ularni kiziktirayotgan bozorlar xususida maʼlumotlarni chop etiladi. Bu esa uz navbatida, barcha kizikuvchi va tegishli bozorga ishtiyokmand kompaniyalar uchun axborot manbai bulib xisoblanadi.
Jaxon iktisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalkaro munosabatlar takomillashayotgan sharoitda xalkaro iktisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalkaro savdo tashkiloti, Jaxon banki, Xalkaro rivojlanish va rekonstruktsiya banki va shu kabilar uzlarining yillik xisobotlarini nashr kiladilar. Bunday maʼlumotlardan xalkaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashki savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, kishlok xujaligi ishlab chikarish xajmi va x.k. maʼlumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.
Xozirgi paytda mustakil va yangi axborot manbai bulib - elektron maʼlumot banklari, “informatsion-broker” tarzidagi kompьyuter vositasida yotkaziladigan maʼlumotlar tizimi shakllanmokda. Bu maʼlumotlar kompьyuter vositasida uzatilayotgan, tuplanayotgan va saklanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va yukoridagilardan fark kiladi. Masalan, Germaniyada BLISS, FITT, PRODUKT kabi kompьyuter uchun maʼlumotlar kabi banki “GBI” firmalar tomonidan, Buyuk Britaniyada PROMT, PTSMАRS, FOREKАST, kabi maʼlumotalar banki “Informeyshn Аksel kompani” tomonidan takdim etiladi. АKShda DIАLOG, STN, ORBIT SАYRI SERVIS kabi firmalar kompьyuterlar uchun maʼlumotlar bankini tuzadilar va uz mijozlariga ayirboshlaydilar.
Kompьyuterlar uchun maʼlumotlar banki xam xozirda mustakil bozor sifatida ildam rivojlanmokda. Xozirgi kunga kelib dunyoda 6000 dan ziyod maʼlumotlar bankining turlari yaratilgan bulib, sungi un yil davomida u kariyib 2 marotabaga ortdi. “Informatsion broker” tizimi marketing xususida barcha axborotlarni yigish, kompьyuter maʼlumotlari bankiga kiritish va unga extiyoj sezgan tashkilotlarga yordam kursatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni tuplash buyichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompьyuter dasturlariga kiritish buyicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam alokada bulib, kompьyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, kuplab isteʼmolchi tashkilotlar uchun kulayliklar yaratishga karatilgan.
Bizning mamlakatimizda axborot yigish manbalari bir muncha uziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing buyicha axborot olish manbalari va ushbu soxa buyicha mutasidi tashkilotlarning tashkiliy buysinish xususiyatlardan kelib chikadi. Uzgacha jixatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari marketing xususida maʼlumotlarni yigish buyicha faoliyatlarning xozirgi xolati, ularni guruxlarga ajratishda aloxida yondoshishni talab kiladi.
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling