Mavzu: Аxborot urushining milliy xavfsizlikka taxdidi. Аxborot urushi kontseptsiyasi. Аxborotli urush xususiyatlari. Аxborot qurolini qoʼllashning asosiy obʼektlari
Download 7.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-amaliy ish
2-Amaliy ish. Mavzu: Аxborot urushining milliy xavfsizlikka taxdidi. Аxborot urushi kontseptsiyasi. Аxborotli urush xususiyatlari. Аxborot qurolini qoʼllashning asosiy obʼektlari. Xavfsizlik - xar kuni biz to’qnashadigan hayotimizning jihati: eshikni kulflaymiz, qimmatbaho narsalarni begona kuzlardan berkitamiz va hamyonni duch kelgan joyda qoldirmaymiz. Bu "raqamli dunyoga" ham rasm bo’lishi shart, chunki xar bir foydalanuvchining kompyuteri qaroqchihujumi obʼekti bo’lishi mumkin. Yirik o’yinchilar yaxshigina sabok oldilar: xakerlar Yahoo.com, Amazon.com kabi kompaniyalarga va hatto kosmik tadqiqot agentiligi NASAga katta zarar yetkazdilar. Xavfsizlik xizmati bozorining eng yirik nomoyondalaridan biri RSA Security,har qanday tahdidga qarshi chora borligi xususidagi o’ylamasdan qilgan bayonotidan bir necha kundan keyin, hujumga duchor buldi Odatda odamlardan yoki predmetlardan chiqadigan va zarar yetkazadigan tahdidlar quyidagi sinflarga bo’linadi; : ichki yoki tashqi va tuzilmalangan (maʼlum obʼektga qarshi) yoki tuzilmalanmagan. Masalan, kompyuter viruslari "tashki tuzilmalanmagan tahdidlar" sifatida turkumlanadi va tamomila oddiy hisoblanadi. Qizigi shundaki, foydalanuvchilar o’zining kompyuterini muayyan nishon deb hisoblamaydilar, ular uzlarini yaxshigina ximoyalangandek sezadilar. Kerakli himoya darajasi aksariyat hollarda ishingizning holatiga bog’liq. Аgar tashkilotingiz yoki kompaniyangiz qandaydir tazyiq nishoni bo’lsa, agar siz milliy energetik resurslarni taqsimlovchi yoki milliy aloqa tarmoqlariga xizmat qiluvchi davlat infratuzilmasi tarkibida bo’lsangiz, oddiy terroristlar bombalarini va pistoletlarini chetga qo’yib, turli-tuman dasturiy vositalar yordamida tashkilotingizga elektron hujumni amalga oshirish masalasini quradilar. Ikkinchi tomondan, savdo-sotiq va marketing bo’yicha oddiy tashkilot xususida so’z borsa, faqat mijozlar ro’yxatini o’g’rilovchi xizmatchilaringiz tug’risida, qalbaki kredit kartochkalari bo’yicha tovar oluvchi firibgarlar, tarmog’ingizga preyskurantlardan foydalanish maqsadida kiruvchi raqiblar, Web-saytingizni taʼmagirlik maqsadida buzuvchilar va shunga o’xshashlar to’g’risida qayg’urishingizga to’g’ri keladi. Sivilizatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafakat jamoat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir inson hayotida hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Ko’z oldimizda jamiyatning axborotlashishi shiddat bilan va ko’pincha oldindan bilib bo’lmaydigan tarzda rivojlanmoqda. Biz esa uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshka okibatlarini tushu- nib yetishga boshlaymiz, xolos. Jamiyatimizning axborotlashishi yagona dunyo axborot makonining yaratilishiga olib keladiki, bu makon doirasida axborotni yigish, ishlash, saklash va subʼektlar - insonlar, tashkilotlar, davlatlar urtasida almashish amalga oshiriladi Zamonaviy urush g’oyasi juda ildamlab ketdi. Endi uning makoni – butun yer shari. Urush lokal qaroqchi hujumidan bir necha davlatlarni vayron qiluvchi global muammoga aylandi. Turli mamlakatlarning harbiy doktrinalarida elektron qurol rivoji rejalari va maxsusv azifalarga mo’ljallangan dasturiy taʼminot to’g’risida eslatishlar ko’zga tashlanmoqda. Turli razvedka manbalaridan kelayotgan axborotning tahdili natijasida xulosa qilish mumkinki, baʼzi bir davlatlarning rahbarlari hujumkor kiber-dasturlarni yaratishni moliyalamoqdalar. Аxborot urushiga oddiy vositalar yordamida harbiy harakatlar samara bermaydigan hollarga nisbatan strategik alternativa sifatida qaralmoqda. Harbiylar tomonidan kiritilgan axborot urushi atamasi real, qirg’inli va yemiruvchi harbiy harakatlar bilan bog’lik shafqatsiz va xavfli faoliyatni anglatadi. Bu urushning alohida qirralari-shtab urushi, elektron urushi, psixologik amallar va x Har qanday urush, axborot urushi shu jumladan, zamonaviy qurol yor- damida olib boriladi. Аxborot quroli yordamida, urush olib boriluvchi barcha qurollardan farqli o’larok, eʼlon qilinmagan va ko’pincha dunyoga ko’rinmaydigan urushlarni olib borish mumkin (olib borilmoqda ham). Bu qurolning taʼsir obʼektlari - iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va x. Kabi jamiyat va davlat institutlari. Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarining kelajak janglar maydoniga aylanishi allaqachon eʼtirof etilgan. Download 7.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling