Mavzu: Axborot xizmatlari, axborot texnologiyasining rivojlanish bosqichi


Download 32.75 Kb.
bet5/5
Sana02.02.2023
Hajmi32.75 Kb.
#1147127
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektron pochta

EHM ning to’rtinchi avlodiga katta integral tizim (KIT) ko’rinishidagi element bazasiga ega bo’lgan hisoblash tizimlari kiradi. Bu 1970 yillar o’rtasida elektron hisoblash texnikasi rivojida keskin «sakrash» bo’lganligi, ya’ni, katta integral sxemasi bazasida mikroprotsessorlar paydo bo’lganligi bilan bog’liq. Ulardan foydalanish tufayli barcha EHM larning texnik-ekspluatatsiya va iqtisodiy ko’rsatkichlari o’lchami, energiya sarfi, qiymati va hakazolar keskin yaxshilandi. SHaxsiy kompyuterlar (SHK) larni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Zamonaviy EHM larning 4-avlodi ikki yo’nalishda rivojlandi. Birinchi yo’nalish - sekundiga bir necha ming million operatsiyalarni amalga oshiruvchi kuchli, ko’pprotsessorli hisoblash tizimini yaratish, ikkinchisi-mikroprotsessorlar bazasida nisbatan arzon va ixcham mikro EHM lar yaratish.
EHM larning beshinchi avlodi 1980 yillar o’rtalarida o’ta katta integral sxemalar bazasida ishlab chiqarila boshlandi. Beshinchi avlod mashina modellari me’morchilik (arxitektura) oqimiga, intellektual «inson-mashina» interfeysini ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Ular masalalarni tizimli echishni mashinalarning mantiqan fikrlashini, axborotni assotsiativ qayta ishlash va mantiqiy xulosalar olishni ham ta’minlaydi. Endilikda insonning EHM bilan yagona tildagi muloqotini (jumladan, og’zaki nutqini) amalga oshirish mo’ljallanmoqda.


Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling