Mavzu: Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari Reja


Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar


Download 114.65 Kb.
bet3/7
Sana16.08.2023
Hajmi114.65 Kb.
#1667504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari Reja

3.Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
―Kriptografiya‖ atamasi dastlab ―yashirish, yozuvni berkitib qoʻymoq‖ ma‘nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo
boʻlgan davrlardayoq aytib oʻtilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya‘ni diskda saqlanadigan sonlar koʻrinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar koʻrinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani
raqamlar bilan kodlanishi mumkin boʻlgan har qanday axborotga nisbatan qoʻllash mumkin. Maxfiylikni ta‘minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qoʻllanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qoʻllaniladigan usullarning oʻzi axborotni himoyalash bilan bog’liq boʻlgan koʻp jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta‘minlaydi. Masalan, toʻlov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning oʻzgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qoʻshilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta‘minlash zaruriyati paydo boʻladi. Umuman olganda kompyuter tarmog’iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, koʻp hollarda, axborotning haqiqiyligini ta‘minlash deyiladi.
Kriptografiyada qoʻllaniladigan usullar koʻp boʻlmagan oʻzgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta‘minlashi mumkin.
Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri — raqamli signatura — maxsus xossa bilan axborotni toʻldirish yordamida yaxlitlikni ta‘minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma‘lum boʻlgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma‘lum usullardan koʻproq afzalliklarga ega.
Kriptografiya usullarini qoʻllashning ba‘zi birlarini koʻrib chiqamiz. Uzataladigan axborotning ma‘nosini yashirish uchun ikki xil oʻzgartirishlar qoʻllaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar toʻplamini oʻz ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, koʻp hollarda, raqamlar toʻplami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli soʻz toʻg’ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik oʻzgartirishga misol boʻladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos talablar — qatorli ma‘lumotlarni sonli ma‘lumotlarga aylantirish va aksincha oʻzgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb boʻlmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning yangi kitobini yaratish va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo boʻladi.
Kriptografik oʻzgartirishning ikkinchi turi shifrlash oʻz ichiga — boshlang’ich matn belgilarini anglab olish mumkin boʻlmagan shaklga oʻzgartirish algoritmlarini qamrab oladi. Oʻzgartirishlarning bu turi axborotkommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qoʻllab, shifrlash
algoritmining oʻzida himoyalashga boʻlgan talablarni kamaytarish mumkin. Endi himoyalash ob‘ekti sifatada faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan boʻlsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot- kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng koʻlamda qoʻllanilmoqda.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu soʻz yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma‘nosini bildiruvchi soʻzlardan iborat. Kriptologiya ikki yoʻnalish, ya‘ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.

Download 114.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling