Mavzu: Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari Reja


Download 114.65 Kb.
bet4/7
Sana16.08.2023
Hajmi114.65 Kb.
#1667504
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari Reja

Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta‘minlashdan iborat. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Simmetriyali kriptotizim asoslari Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:

  • simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);

  • asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).

Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:

  1. Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yoʻl bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?

  2. Joʻnatilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa boʻladi?

Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda oʻz aksini topdi.Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qoʻllaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab boʻlmaydi.Birinchi kalit axborot joʻnatuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qoʻllaniladi va u sir saqlanishi lozim.
2.3.1-rasm. Matnni shifrlashda maxfiylikni ta‟minlash
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini 2.3.1-rasmdagi sxema asosida ta‘minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli boʻlsa, u holda uni elektron imzo sifatida qoʻllash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya‘ni axborotning yaxlitligini ta‘minlash imkoni paydo boʻladi.

2.3.2-rasm. Matnni bir kalitli shifrlash sxemasi
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:

  • foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya‘ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi boʻlgan foydalanuvchini aniqlash:

  • tarmoq abonentlari aloqasini oʻrnatish jarayonida ularni oʻzaro autentfikatsiyalash. Hozirgi kunda himoyalanishi zarur boʻlgan yoʻnalishlardan biri bu elektron toʻlov tizimlari va internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.


Download 114.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling