XX asrning o`rtalarida kompyuterlar va mikroprosessor texnikasining kashf etilishi kompyuter tarmoqlari va axborotni qayta ishlash hamda uzatish tizimlarini paydo qildi.
1832 – Telegraf 1839 – Tasvirlash 1850 – Mikrofilmlar 1876 – Telefon 1870 – Kommutator 1895 – Radio 1920 – Koaksial kabel 1930 – Uzatuvchi elektron trubka 1938 – Kserokopiya 1949 - Teletsentr 1950 – Televidenie 1951 – EHM 1-avlodi 1960 – EHM 2-avlodi 1962 – Sputnik 1963 –Ma’lumotlar bazasi 1970 – EHM 3-avlodi 1971 – Mikroprotsessor 1980 – Kalkulyator 1981 - Kommunikatsio aloqa tizimi 1988 - Kompyuter tizimi 1990 - EHM IV-avlodi
Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, XX asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ko’rsatkich 100 ga etdi.
Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi sabab bo’ldi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb ham atashadi.
Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetic resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi. Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir.
Har qanday bozor kabi axborot bozorida ham xaridorlar va sotuvchilar mavjud bo’ladi. Axborot egalari yoki axborot ishlab chiqaruvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |