I-Bob. Axloqiy tarbiyaning mohiyati,vazifalari,usullari.
1.1. Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari va metodlari.
Axloq so‘zi- lotincha "myeros",ya'ni moral,mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat‘iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir.Axloq-kishining ichki olami,e‘tiqodi,fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa,odob-shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati,xulq-atvori,muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi. Axloqiy onglilik, Axloqiy qadriyatlar, Axloqiy his-tuyg‘ular
Husayn Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy"asari shaxsiy,oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o‘z ichiga olgan. Jaloliddin Davoniyning "Axloqi Jaloliy" asarida axloqiy muammolar,ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Ahmad Yugnakiyning "Hibbat-ul-haqqoyiq" asari ta‘limiy-axloqiy yo‘nalishda yozilgan. Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq"kitobining"Haqqoniyat"deb nomlangan bobida rostlik va to‘g‘riso‘zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub"asarida odob,axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan.
Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:●Bolalarda axloqiy xis -tuyg‘ular,tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
●Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
●Shaxsda axloqiy xis tuyg‘ularni tarbiyalash.
●Xulqdagi salbiy hislarni barham toptirish.
Axloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmuni bog‘chadagi axloqiy tarbiya berishning asosiy prinsiplari va pedagogik shart-sharoitlarga rioya qilish asosida bajariladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar axloqiy tarbiyasining vazifasi hamda mazmuniga muvofiq uning prinsiplari ishlab chiqilgan.
Axloqiy tarbiya-shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismidir. U bolalarga axloqiy tasavvur va bilimlarni singdirish ,ularda shaxsning axloqiy his tuyg‘u va sifatlarini,ijobiy munosabatlar va xalq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.
Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi,inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to‘g‘risida keng tasavvur,tushunchalar beradi.Axloqiy tasavvurlar,qarash,mulohaza,baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e‘tiqodni yuksaltirishga ta‘sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |