Mavzu: Aylanish jismlari


Download 1.53 Mb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1613859
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aylanish jismlari ochiq dars 75 guruh

4-ilova

Zanjir metodi yordamida “Aylanish jismlari”ga oid mavzuni o’quvchilar kichik guruhlarda bayon etishadi:


1-guruh Silindr haqida tushuncha.
1.Parallel ko’chirish natijasida ustma-ust tushadigan va bitta tekislikda yotmaydigan 2 ta doiradan hamda bu doiralarning mos nuqtalarini tutashtiruvchi parallel to’g’ri chiziq kesmalaridan tashkil topgan aylanish jismi silindr deyiladi.
2.Doiralar silindrning asoslari deyiladi.Asos radiusi silindrning radiusi deyiladi.
3.Asoslar orasidagi masofa silindrning balandligi deyiladi.
4.Asoslar aylanasining mos nuqtasini tutashtiruvchi kesmalar silindrning yasovchilari deyiladi.
5.Asos markazi orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq silindrning o’qi deyiladi.
6.Silindr to’g’ri va og’ma silindrga bo’linadi.Agar silindrb balandligi asos markaziga tushsa bunday silindr to’g’ri silindr deyiladi.
7.Agar silindrning yasovchisi asos tekisligiga biror burchakda og’gan bo’lsa bunday silindr og’ma silindr deyiladi.
2-guruh Konus haqida tushuncha
1.Tekislidagi doiradan , bu tekislikda yotmagan nuqtadan hamda shu nuqta bilan tekislikdagi doiraning barcha nuqtalarini tutashtiruvchi kesmalardan tashkil topgan aylanish jismi konus deyiladi.
2. Berilgan tekislikdagi doira konusning asosi, berilgan nuqta konusning uchi deyiladi.
3.Konusning uchidan asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar konusning balandligi deyiladi.
4. Konusning uchi bilan asos aylanasining biror nuqtasi bilan tutashtiruvchi kesma konusning yasovchisi deyiladi.
5. Konusning uchi bilan asos markazi orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq konusning o’qi deyiladi.
6. Konusning asosiga parallel tekislik bilan kesish natijasida dastlabki konusga o’xshash bo’lgan kichik konus va kesik konus hosil bo’ladi.
7. Konusning o’qi orqali o’tkazilgan kesimda uchburchak hosil bo’ladi.
3-guruh Shar haqida tushuncha
1.Fazodagi berilgan nuqtadan bir xil uzoqlikda joylashgan va berilgan masofadan oshib ketmaydigan nuqtalar to’plami shar deyiladi.
2. Berilgan nuqta sharning markazi, berilgan masofa sharning radiusi deyiladi.
3. Sharning barcha chetki nuqtalari to’plami sfera deyiladi.
4. Sharning markazidan sferasining ixtiyoriy nuqtasigacha bo’lgan masofa sharning radiusi deyiladi.
5.Sharning markazidan o’tib sferasining 2 ta nuqtasini tutashtiruvchi kesma sharning diametri deyiladi.
6.Sharning ixtiyoriy tekislik bilan kesimi doiradir.
7. Sharning tekislik bilan kesimida eng katta doira diametr orqali o’tkazilganda hosil bo’ladi
Parallel ko’chirish bilan ustma ust joylashadigan va bitta tekislikda yotmaydigan ikki doiradan va bu doiralarning mos nuqtalarini tutashtiruvchi parallel to’g’ri chiziq kesmalaridan tashkil topgan jism silindr deyiladi
5-ilova

Konus deb shunday jismga aytiladiki, u doira-konus asosidan, shu doira tekisligida yotmagan nuqta-konusning uchidan va konusning uchini asosining hamma nuqtalari bilan tutashtiruvchi kesmalardan iborat bo’ladi. Konusning sirti asosidan va yon sirtidan iborat.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling