Mavzu: Aylanma kapitalni boshqarish. Reja


Aylanma kapitalni mavjudligi va aylanuvchanligining ta’rifi


Download 84.1 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi84.1 Kb.
#1621186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aylanma kapitalni boshqarish

Aylanma kapitalni mavjudligi va aylanuvchanligining ta’rifi

Aylanma kapitalning mavjudligi qandaydir vaqtga nisbatan yoki o‘rtacha hisobot davri uchun aniqlanishi mumkin. Bu aniqlanish oborot kapitalining hammasi yoki ayrim guruhlari bo‘yicha bo‘lishi mumkin. +andaydir vaqtga binoan oborot kapitalining mavjudligi buxgalteriya balansi ma’lumotlariga binoan yoki aniqroq buxgalteri sintetik hisobi (buxgalteriya hisobi rejasi hisobnomalari va subhisobnomalari) bo‘yicha aniqlanadi.


har qanday korxonani operativ boshqarish uchun uning har oylik faoliyati natijalari ko‘rib chiqilishi lozimligi e’tiborda tutilib, hisobot oyi oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘i ( ) o‘rtacha arifmetik usulda hisoblanadi. Buning uchun oyning boshidagi va oxiridagi oborot kapital qoldiqlarining o‘rtachasi olinadi.



Agarda oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘ini, hisoblashda berilgan ma’lumotlar teng oraliqda momentli xususiyatga ega bo‘lsa, o‘rtacha oddiy xronologik usuldan foydalaniladi.





Agarda berilgan ma’lumotlar momentli har xil oraliqdagi xususiyatga ega bo‘lsa, tortilgan xronologik usulda oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘i hisoblaniladi.





Bu yerda: t – interval oralig‘i .


Oborot kapitalining, umumiy va ayrim turlari bo‘yicha qoldig‘i o‘zgarishiga shu ta’sir ko‘rstadiki, ishlab chiqarish jarayoni boshida mavjud bo‘lgan qoldiqlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi, ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lganligi tufayli, tayyor mahsulot sotiladi. Natijada moliyaviy resurslar paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish to‘xtab qolmasligi uchun yangi oborot kapital qoldig‘i yana yangilab qo‘yiladi.
Demak, ishlab chiqarish jarayonini tahlil etishda oborot kapitalining mavjudligi va sotilgan mahsulotga tushgan pul mablag‘i haqida ma’lumotdan tashqari oborot kapitalining aylanish tezligi ko‘rsatkichlari ham bo‘lishi kerak. Eng sodda ko‘rsatkichlardan biri oborot kapitalining aylanish ko‘rsatkichi bo‘lib, u sotilgan mahsulot qiymati oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘iga bo‘linadi.



Bu ko‘rsatkich tegishli davr mobaynida har bir so‘mlik oborot kapitaliga qilingan qo‘yilma necha marta aylanganligini ko‘rsatadi.


Bu ko‘rsatkich yordamida bir oborot necha kun davom etganligini bildiruvchi ko‘rsatkichni hisoblash mumkin.



T – o‘rganayotgan davr uzunligi, yuqoridagi ko‘rstkichlar yordamida kapitalni o‘rtach kunlik oboroti quyidagicha ko‘rsatildi:




yoki

Bu yerda:


Kb – biriktirish ko‘rsatkichi.
Masalan, oy davomida mahsulot sotishdan tushgan mablag‘ 900 mln so‘m, oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘i 200 mln bo‘lsa, aylanma kapitalining aylanish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi:



Demak, oborot kapitaliga kiritilgan har bir so‘m 4,5 marta aylangan.


Bir aylanish esa


yoki

kapitalning kunlik oboroti



Bu ko‘rsatkich ko‘rsatadiki, bir so‘mlik mahsulot sotishga 22 tiyin oborot kapitali zahirasi qiymati to‘g‘ri kelgan.


Zahira mavjudligi ayrim momentlarga hisoblanganda shunday muaamo tug‘iladiki, amaliyotda zahiralarni baholashda o‘rtacha baholardan foydalaniladi.



Download 84.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling