Mavzu: Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati
Download 88 Kb.
|
Mavzu Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati
Mavzu: Aylanma mablag`lar tushinchasi iqtisodiy tabiati va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyati Reja: 1. Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati 2. Aylanma fondlar (mablag`lar) tarkibi 3. Aylanma fondlar (mablag`lar)ning korxona faoliyatidagi ahamiyati. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo`lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan mablag`lar ham kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo`llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma mablag`lar» termenlari o`rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo`lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag`lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik. Aylanma mablag`lar o`z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo`lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo`lgan pul ta`minotidir. Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi. Aylanma mablag`larning manbalari bo`lib korxonaning o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb etilgan mablag`lar hisoblanadi. Korxonani tashkil topishda aylanma mablag`lar uning tasischilari mablag`i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to`ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag`lar (passivlar) hisobidan to`ldiriladi. Aylanma mablag`lar asosiy fondlardan farqli bo`lib, ular muomala jarayoni bir siklida to`la iste`mol qilinadi va o`z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to`la o`tkazadi. Aylanma mablag`larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini likvidligi qariyb «1»ga teng bo`ladi. Savdo jarayonida aylanma mablag`lar bir turdan ikkinchi turga aylanib turishi mumkin. Aylanma mablag`lar doimiy harakatda bo`ladi. Ular savdo jarayonining bir siklida takror ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi. Ikkinchi jarayonda aylanma mablag`lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste`mol jarayoniga o`tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o`tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo`naltiriladi va jarayon takrorlanadi. Ushbu jarayonda aylanma mablag`lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste`molchilar talabini qondiradi. Aylanma mablag`larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog`liqdir. Shu sababli aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir. Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin. Umuman aylanma mablag`larga ta`sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga. Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o`zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne`matlar bilan ta`minlovchilarni dislokatsiyasi, ya`ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin. Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo`llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-vositachilik bo`g`inlarini qisqartirish kabilar kiradi. Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog`liq bo`lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo`jaligi kabilar) kiradi. Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag`larni miqdorini oshirishga olib keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog`liq tadbirlar savdo shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida (assortimentida) aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi. Aylanma mablag`larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko`payishi kabilar kiradi. Yuqoridagi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ham ajratish mumkin. Obyektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta`minlovchilarni xo`jalik yuritish tartibi, savdo korxonalari faoliyatiga bog`liq bo`lmagan omillar kiradi. Subyektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to`g`ri ratsional tashkil qilish borasida qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Subyektiv omillar inson omili bilan bog`liqdir. Mijozning kreditga layoqatliligi deganda qarz oluvchining olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytaraolish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar o‘rnatilgan: mijoz xarakteri (fe’l-atvori); mablag‘ni qarz olish qobiliyati; joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish qobiliyati; mijoz kapitali; kreditning ta’minlanganligi; kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar; qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi. Download 88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling