Mavzu. Aylanuvchi magnit maydon. Asinxron mashinalar xaqida tushunchalar. Uch fazali zanjirlarda quvvatni o`lchash Aylanuvchan magnit maydoni Pulsatsiyalanuvchi magnit maydoni


Download 53.71 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi53.71 Kb.
#1585582
  1   2   3   4
Bog'liq
9-дарс


Mavzu.Aylanuvchi magnit maydon. Asinxron mashinalar xaqida tushunchalar. Uch fazali zanjirlarda quvvatni o`lchash
Aylanuvchan magnit maydoni
Pulsatsiyalanuvchi magnit maydoni
U ch fazali toklar sistemasining asosiy xususiyatlaridan biri- o'zgaruvchan tok elektr motorlarining ishlash prinsipining asosi bo'lgan aylanuvchan magnit maydonini hosil qilishdir. Aylanuvchan magnit maydonini o'rganishga kirishishdan avval bitta g'altak atrofida hosil bo'ladigan magnit maydoni xususiyatlarini o'rganamiz. Elektr mashina stator pazlariga chulg'am joylashtirilgan bo'lib, undan yo'nalishi 3.25-rasmda ko'rsatilgan tok o'tayotgan bo'lsin. Hosil bo'lgan magnit maydonining induksiyasi tok kattaligiga va chulg'amdagi o'ramlar soniga to'g'ri proporsional bo'ladi. AB liniya
3.25-rasm bo'ylab induksiyaning qiymati
maksimal, CD liniya bo'ylab esa minimal bo'ladi.
Halqasimon havo oralig'ida magnit maydoni induksiyasining taqsimlanishi burchak funksiyasi hisoblanadi. Masalan, AB kesimda induksiyaning taqsimlanish qonuniyati zinapoyasimon ko'rinishga ega bo'ladi (3.26-rasm). Induksiyaning asosiy garmonikasi ko'rinishida bo'ladi. Induksiya o'zgarishining bunday shakli chulg'amdagi tok o'zgarmas bo'lganida hosil bo'ladi.

a) b)
3.26-rasm
Agar chulg'amdan sinusoidal tok o'tkazilsa, u holda uning atrofida sinusoidal qonuniyat bilan o'zgaruvchi magnit maydoni hosil bo'ladi. bo'lganda bo'ladi. Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, induksiya vaqt bo'yicha ham fazada ham sinusoidal qonun bilan o'zgaradi (3.26-rasm, b). Vaqtning istalgan paytida nuqtalarda , nuqtalarda esa bo'ladi. Magnit maydoni induksiyasi maksimal bo'lgan yo'nalish magnit maydonining o'q chizig'i deb ataladi. Bu o'q g'altak o'q chizig'i bilan mos tushadi (3.25-rasmda AB chiziq).
Qiymati vaqt bo'yicha o'zgaradigan, lekin fazoda o'zgarmaydigan maydon pul satsiyalanuvchi maydon deb ataladi. Bunday maydonda induksiyaning maksimal qiymati har doim bir chiziqda bo'ladi.
Shunday qilib, bitta chulg'am yordamida faqat pul satsiyalanuvchi maydon hosil qilish mumkin. Agar elektr mashina statorida uchta chulg'am joylashtirib, ular uch fazali toklar sistemasidan ta'minlansa, u holda uchta pul satsiyalanuvchi maydonning ustma-ustlanishi natijasida aylanuvchan maydon hosil bo'ladi. Endi ana shu maydon xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.

Download 53.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling