Mavzu: Ayollarga davolash profilaktik, akusher
Download 83.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza № 12
Mavzu: Ayollarga davolash profilaktik, akusher genikologik kompleks yordamini tashkil etish.UASh ni faoliyati. Mashg'ulotning maqsadi: talabalrni tug'ish yoshdagi xomilador hamda tuqqan ayollarga, ambulatoriya va statsionar turidagi akusherlik va ginekologik tibbiy yordamni ko'rsatish samaradorligini ta'minlashda ayollar maslaxatxonasi hamda tugruqxona kompleksi statsionar bo'limini va bolalar poliklinikasi bolalar kasalxonasi ishini tashkil etish asoslari bilan tanishtirish Kutilayotgan natijalar: ma'ruza talabalar ongida ayollar maslaxatxonasi va tugruqxona kompleksi statsionar bo'limlarining hamda bolalarga davolash-profilaktik yordamini tashkil etish va o'tkazishlarni ahamiyatlari haqidagi tushunchalarni shakillantirish. RYeJA:
1. Respublikada onalik va bolalikni muxofaza qilish tizimida davolash profilaktika yordamini bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. 2. Ayollar maslaxatxonasining tarkibi vazifalari va prinsiplari 3. Xomilador va ginekologik kamchiliklarga chalingan ayollarga davolash profilaktik yordamni tashkil etish. 4. Tug'ruqxona kompleksi tarkibi, vazifalari 5. Bolalar poliklinikasining tarkibi, vazifalari ishch, prinsipi va ish uslublari 6. Bolalar muassasalarida tibbiy yordamni tashkil etish 7. Bolalar kasalxonasi, tarkibi vazifalari 8. Bolalar kasalxonasi bo'limlarining ishini tashkil etish. 9.UASh ni vazifasii. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida davolash-profilaktika yordamini bosqichma- bosqich amalga oshirish.
O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasini 65-moddasida «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb belgilab ko'yilgan. Onalik va bolalikni muhofaza qilishning ijtimoiy-gigiyenik ahamiyatlaridan biri shundan iboratki, mamlakatimiz aholisining, ishlovchilarning yarmidan ko'pini ayollarni tashkil qiladi; mamlakatimiz axolisining 61,5% ni esa bolalar va o'smirlar tashkil etadi. Respublikamizda xozirgi kunda 6 millionga yakin oila mavjud bo'lib, har yili o'rtacha 250 minta yangi oila tashkil topmoqda. Statistik ma'lumolarga ko'ra, tugish yoshida bo'lgan ayollarning deyarli 65-70% tida, homilador ayollarning 75-80% tida turli xil ekstragenital kasalliklar mavjud bo'lib, bu kasalliklar xomiladorlik va tug'ruq jarayonini asoratli o'tishiga va bu o'z navbatida tugilayotgan go'daklar turli kasalliklar bilan dunyoga kelishga, ayollarning tug'ruq asoratlari oqibatida nogironligiga olib kelmoqda.
Ayollar reproduktiv faoliyatning o'zoq davom etishi, oilalar sanitariya madaniyatini ko'ngildagidek emasligi, qizlarning erta turmushga chiqishi va ketma-ket farzand ko'rish, yoshlikdan salomatligi zaif bo'lgan qizlar sonining hali ham kamaymayotganligi, yuqoridagi noxush holatlarni davom etishiga asos bo'lmoqda. Bundan tashqari, mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti, turmush madaniyati, sanitariya-epidemiologik holati, davolash-profilaktika, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligi, onalar va bolalar, ayniqsa bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi kattaliklari bilan belgilanadi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida davolash- profilaktika yordami bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan farqlanadi.
Birinchi bosqich – ayollarga xomiladorlikgacha bo'lgan davrda tibbiy yordam ko'rsatish, ularni onalikka tayyorlash. Bunda yoshlarni jinsiy masalalar bo'yicha tarbiyalash, yosh oilalarni nikox gigiyenasi va abortlar profilaktikasi bo'yicha tibbiy bilimlarni oshirishda ayollar konsultatsiyasi, oila va nikoh konsultatsiyasining roli katta. Ikkinchi bosqich - ya'ni xomilani antenatal davrdagi sog'lig'ini muxofaza kilishda esa ayollar konsultatsiyasi, akusherlik statsionarlarining, bemor xomiladorlar uchun tashkil etilgan ixtisoslashgan terapiya bo'limlari, sanatoriyalarning faoliyati muhim o'rinni egallaydi. Uchinchi bosqich - homilaning tug'ruq davridagi muhofazasi, bu davrda tug'ruqni oqilona qabul qilish, asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu davrda maxsus tibbiy yordam, tug'ruqxona komplekslari hamda keng tarmoqli shifoxonalar tomonidan ko'rsatiladi. To'rtinchi bosqich – chaqaloqlar salomatligini saqlash: chaqaloqni to'g'ri parvarishlash, ko'krak suti bilan boqish, fiziologik jixatdan rivojlanishi ustidan nazorat o'rnatish, chaqaloqlarga tug'rukxona komplekslarida, bolalar shifoxonalarida davolash-profilaktika yordamini ko'rsatish
Beshinchi bosqich - maktabgacha bo'lgan davrda bolalar salomatligini saqlash. Bu davrda tibbiyot muassasalarining asosiy vazifalaridan biri – bolalarning to'g'ri tarbiyalanishi, ovqatlanishi, jismoniy rivojlanishi, immunobiologik holati ustidan nazorat o'rnatish. Oltinchi bosqich – maktab yoshidagi bolalarning to'g'ri tarbiyalanishi, ovqatlanishi jismoniy rivojlanishi ustidan nazorat o'rnatib, o'sib kelayotgan bola organizmining funksional holatiga baho berib boriladi, ma'lum o'zgarishlar aniqlanganda ularni tuzatish bo'yicha tegishli tavsiyalar beriladi. Yuqorida keltirilgan tadbirlarni bosqichma-bosqichma-bosqich uzviy tarzda olib borish mamlakatimizda onalaik va bolalikni muhofazalashning bir butun tizimini tashkil etadi. Onalik va bolalaikni muhofaza qilish ikki muxim bo'limdan: akusher-ginekologik va bolalarga davolash-profilaktika yordamini tashkil etishdan iborat. O'zbekistonda akusherlik-ginekologik yordamini tashkil etishni takomillashtirish, dispanser kuzatishning ilmiy asoslangan shakl va usullarini xamda tug'ruqni qabul qilishni, yangi texnologiyalarini joriy qilish, antenatal davrdagi yordamni sifatini oshirish va oilada sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini xosil qilish maqsadida «Homilani antenatal davrda muhofazalash, ayollar konsultatsiyasi ishini tashkil qilish to'g'risida» 2001 yoil 19-martda Sog'liqni Saqlash vazirligining 100-sonli buyrug'i chiqdi. Ayollar maslaxatxonasining tarkibi, vazifalari va prinsiplari Ayollarga akusher-ginekologik yordam ko'rsatadigan ambulatoriya tipidagi asosiy muassasalarga ayollar maslaxatxonasi ,akusherlik- ginekologiya ilmiy tadqiqot markazining maslaxat tashxizqo'yish poliklinikasi kiradi. Qishloq joylarida birinchi bosqida QVP, ikkinchi bosqichda tuman ayollar maslaxatxonasi, tuman markazi shifoxonasi akusherlik kompleksi va viloyat shifoxonalari tomonidan ko'rsatiladi. Ayollar maslaxatxonasi-ayollarga barcha turdagi akusher ginekologik ambulatoriya yordamini ko'rsatuvchi davolash- profilaktika muassasasi hisoblanadi.
Ayollar maslaxatxonasining tuzilishi: • boshliqlar • ro'yxatxona • akusher-ginekologlar xonalari • tuqqanlar, ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarni qabul qilish xonalari: • sog'lom ayollarni qabul qilish xonalari • ruxan ayollarni tug'ruqqa tayyorlash xonasi • terapevt, teri-tanosil kasalliklari vrachi, stomatolog, ijtimoiy xuquqiy fizioterapiya, muolaja xonalari,dorixona, mamuriy xo'jalik bo'limi.
Ayollar maslaxatxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: homiladorlik, tug'ruq, tug'ruqdan keyingi davrdagi asoratlarni, ginekologik kasalliklarni oldini olish, ayollarda sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakillantirish; biriktirilgan xudud aholisiga davolash akusher-ginekologik yordamini ko'rsatish; xomilador ayollarni barvaqt aniqlash va dispanser nazoratiga olish; chala tug'ishni, perinatal xamda onalar o'limini kamaytirish bo'yicha yangi tashkiliy usullarni qo'llash; sanitariya maorif ishni olib borish; ekstragenital va genital kasalliklari bor ayollarga xomiladorlik lozim bo'lmaganda uni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazish.
Xomilador ayollarga davolash-profilaktika yordamini tashkil etish
Xomilador ayollar birinchi bor ayollar maslaxatxonasiga murojat qilganlarida ularga shaxsiy karta (F № III/h) to'ldiriladi. Ushbu kartada barcha tekshiruv ma'lumotlari qayd etilib boriladi. Xomilador ayollarni dispanserizatsiya qilinishini bosh prinsipiga ularga differensiyalashgan holda tibbiy xizmat ko'rsatish kiradi. Xomilador ayollar salomatlik holatiga qarab 3 –guruhga bo'linadi 1. Sog'lom ayollar – ginekolgik kasalliklari bo'lmagan, xomiladorlik asoratsiz kechayotgan ayollar 2. Amaliy sog'lom –ijtimoiy gigiyenik jixatdan risk omillarga ega, xomiladorlik asoratsiz kechayotgan ayol 3. Bemor ayol –xomilador ayol ekstragenital va genital kasalliklarga chalingan Xomiladorlik normal kechayotgan va amliy jixatdan sog'lom ayollar xomiladorlik davrida 14-15 marta vrach akusher-ginekolog kuzatuvidan o'tadi: homiladorlikning birinchi yarmida oyiga 1 marta, 2 chi yarmida 2 –marta, 32 haftasidan boshlab oyiga 3-4 marta kuzatiladi. Ginekologik kasalliklar ayollar konsultatsiyasiga murojat qilganlarida hamda xomiladorlik tufayli o'tkazilgan tibbiy ko'riklarda va statsionarlarda somatik kasalliklar bilan davolanayotgan payitda aniqlanadi. Aholining umumiy kasallanishlar strukturasining 10-12% ni ginekologik kasalliklar tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra 1000 ta ayolga 170-300 ta ginekologik kasalliklar aniqlangan. Ginekologik kasalliklar strukturasi va uning turlari ayollarning yoshiga alohida bog'liq ekanligini qayd etish lozim. Ayollar 20-29 yoshida har 4 ni ayolga, 30-39 yoshida 3-chi ayolga, 50-59 yoshda xar 5 chi ayolga bitta ginekologik kasallik to'g'ri keladi. Ginekologik kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash uchun tug'ruq yoshdagi (15-49 yoshli) ayollar xar yili bir marta tibbiy ko'rikdan o'tishlari lozim. Sanoat korxonalarida ishlovchi ayollar esa yillik 2 marta vrach ginekolog ko'rigidan o'tishi lozim.
Profilaktik ko'rikdan o'tuvchilar ro'yxati (F№ 048/x) tuziladi va xar bir ko'rikdan o'tgan ayolga «Profilaktik ko'rik kartasi» (F№. 047/x) to'ldiriladi.
Barcha tibbiy ko'rikdan o'tgan ayollarni dispanser nazoratiga olish uchun 3 ta guruhga bo'linadi 1. Sog'lom ayollar –menetrual funksiyaning kechishi bo'yicha xech qanday buzilishlar bo'lmagan, ginekologik kasalliklar, shikoyatlar yo'q. 2. Amliy sog'lom ayollar - anamnezida ginekologik kasalliklar va ayrim funksional o'zgarishlar bor, ammo xozirgi kunda shikoyati yo'q. 3. Bemor ayollar - anamnezida ginekologik kasalliklar qayd etilgan shikoyatlar bo'lishi va bo'lmasligi ham mumkin, ob'yektiv tekshirishlarda ginekologik kasalliklar qayd etiladi.
Tug'ruqxona kompleksi, tarkibi, vazifalari Tug'ruqxona kompleksi – zamonaviy tibbiyot ilmi va texnikasiga asoslangan holda homiladorlikkacha, xomiladorlikning barcha davrlarida hamda tug'ruq davrida va undan so'ng akusherlik ginekologik yordamni ta'minlab beruvchi davolat profilaktika muassasidir.
Tug'ruq kompleksning tarkibi quyidagi bo'limlardan tashkil topadi: 1. Qabulxona (filtr) 2. Akusherlik patologiyasi bo'lgan xomiladorlar bo'limi. 3. Tug'ruqxona tayyorlash bo'limi 4. Fiziologik tug'ruq va observatsiya bo'limlari 5. Anesteziologiya va reanimatsiya bo'limi 6. Tug'ruqdan keyingi reabilitatsiya bo'limi 7. Funksional diagnostika va laboratoriya xizmati
Tug'ruk kompleksining asosiy vazifalari: 1. Ayollarga xomiladorlik tug'ruq va tug'ruqdan keyingi davrlarda xamda ginekologik kasalliklarga yuqori malakali statsionar va ambulatoriya davolash-profilaktik yordamni ko'rsatish. 2. Chaqaloqlarga malakali tibbiy yordamni ko'rsatish 3. Bo'limlarda ona va chaqaloqni birga bo'lishi uchun sharoi yaratish lozim bo'lganda intensiv davolash. 4. Ekstragenital kasalliklari bor xomiladorlarni tug'ruqqa tayyorlash va davolash (37-38 xaftadan boshlab) 5. Ginekologik kasalliklarni oldini olish, erta aniqlash va davolash 6. Bola tashlash, kriminal obortlar, muddatidan ilgari tug'ish anomaliya bilan tug'ish va o'lik tugishni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazish. 7. Aholi o'rtasida oilani rejalashtirish salomatlikni muhofaza qilish bo'yicha sanitariya oqartiruv ishlarni tashkillashtirish. Bolalarga davolash-profilaktik yordamini tashkil etish
Bolalar poliklinikasi, tuzilishi, vazifalari. Respublikamizda bolalarga davolash profilaktika yordamini tashkil etish deganda – bolalar tug'ilgandan boshlab, to ular o'rta maktabni tugatgunga qadar uzluksiz malakali tibbiy yordamni ta'minlaydigan davlat tizimi tushuniladi. Ushbu tizim barcha asosiy tibbiy muassasalarning faoliyatlarini muvofiqlashtirgan xolda bolalarga davolash –profilaktika yordamini tashkil etadi: bolalar poliklinikasi, bolalar kasalxonasi maktabgacha ta'lim maktab sanitariya va boshqa sog'lomlashtirish hamda ta'lim – tarbiya muassasalari. Bolalar poliklinikasi bola tug'ilganidan boshlab to 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni tibbiy yordam bilan ta'minlovchi muassasa hisoblanadi. Bolalar poliklinikasining kategoriyasi u xizmat ko'rsatayotgan bolalar sonidan va sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'iga muvofiq belgilanadi. Bolalar poliklinikasining tuzilishi quyidagilardan iborat:
• alohida kirish xonasiga esa bo'lgan filtr va izolyatsiya qilingan bokslardan • ro'yxatxona • pediatrlar va mutaxassis vrachlar xonasi; • sog'lom bolalarni qabul qilish xonasi • salomatlikni qayta tiklash xonasi • davolash diagnostika xonalari • ma'muriy xo'jalik bulimi Bolalar poliklinikasining vazifalari quyidagilardan iborat: • kompleks profilaktik tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish; • poliklinika va unda davolash konsultatsiyasi yordamini tashkil etish; • maktabgacha ta'lim muassasasida va maktablarda bolalarga davolash profilaktika yordamini tashkil etish; • DSENM lari bilan birgalikda epidemiyaga qarshi tadbirlar o'tkazish; • bolalarni xuquqiy himoya qilish Bolalar poliklinikasining ish prinsipi va ish uslublari. Bolalar poliklinikasi ham o'z ishini boshqa ambulatoriya poliklinika muassasalarining umumiy prinsipi bo'lgan uchastka prinsipida tashkil etadi. Bunda yagona pediatr sistemasiga asosan bitta uchastka pediatriga tug'ilgandan to 15 yoshigacha bo'lgan 800 ta bola ajratiladi. Uchastka pediatrining asosiy faoliyati barcha yoshdagi bolalarning jismoniy va ruhiy jixatdan to'g'ri rivojlanishni ta'minlash va o'lim xollarini kamaytirishga qaratilgan bo'ladi.
Uchastka pediatrining yuklamasi poliklinikada me'yorda 3 soatda 5 ta bolaga, profilaktik ko'riklarga ajratilgan kun va soatlarda esa 1 soatda 7 ta bola, uyda esa 2 ta bolaga xizmat qilishdan iborat. Bitta uchastka pediatri lavozimiga 1,5 ta uchastka xamshirasi lavozimi ajratiladi.
Uchastka pediatrining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Sog'lom bolalarni dispanser nazoratiga olish; 2. Davolash ishlarini tashkil etish; 3. Tegishli ko'rsatmalarga asosan kasal bolalarni dispanser nazoratiga olish, davolash sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish. 4. Epidemiyaga qarshi ishlarni olib borish; 5. Sanitariya maorifi ishlarini tashkil etish; 6. Uchastkadagi bolalarning jismoniy rivojlanishi kasallanishi va o'lim xollari sabablarini chuqur o'rganish, ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va o'tkazish; 7. Tibbiy xujjatlarni yuritish va o'z faoliyatini taxlil qilish. Uchastka pediatrining xizmatining asosiy usullaridan biri dispanser usuli bo'lib, u bir necha bosqichda olib boriladi: 1- bosqich (sog'lom bolalarni kuzatish) bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir-necha davrlarni o'z ichiga oladi. Birnnchi davr xomilani antenatal davrida muhofazalash; Ikkinchi davr – chaqaloqni tug'rukxonadan chiqqandan so'ng dinamik kuzatish. Bunda pediatr, uchastka xamshirasi bilan birgalikda onani tug'ruqxonadan chiqqan kunining birinchi 3 kunida uyida kuzatish lozim. Uchinchi davr - bolaning birinchi yoshda xar oyida dinamik kuzatib borish. To'rtinchi davr - 1 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni dinamik kuzatish Kuzatishlar 2 yoshda –1 yilda 4 marta, 3 yoshda 2 marta, 5-7 yoshlarida kompleks xolda tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. II- bosqich Bemor bolalarni kuzatish. Bunda xar bir bolaning salomatlik xolati va kasalliklarning turi, xarakteri kechishiga qarab maxsus kompleks davolash sog'lomlashtirish tadbirlari tuzilib amalga oshiriladi. Uchastka pediatri olingan tegishli ma'lumotlar asosida bolalar salomatligiga kompleks baho beradi va salomatlik guruxini aniqlaydi. Uchastka pediatri o'z faoliyatida tegishli tibbiy xujjatlarni to'ldirib boradi va ularga asosan xar oyda, kvartalda, bir yilda o'zining ish faoliyatini tahlil qilib boradi.
Bolalar muassasalarida tibbiy yordamni tashkil eitsh Bolalar jamoalarida tibbiy yordamni tashkil etish boshqarish va nazorat qilish uchun poliklinikada, bolalar muassasalarida, maktablarida ishlovchi vrachlar va xamshiralardan tashkil topgan maktabgacha ta'lim maktab bo'limi tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim maktab bo'limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabga borishga tayyorgarlik ko'rayotgan bolalarni tekshirish va ular orasida davolash sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish; • bolalarning sog'lig'ini muntazam kuzatib borish, sog'lom bolalarni reja asosida dispanser nazoratidan o'tkazish; • tibbiy ko'rik davrida aniqlangan bemor bolalarni davolash faol ravishda dispanser kuzatuvini olib borish; • o'tkir kasalliklarni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlarni o'tkazish; • ota-onalar, tarbiyachilar, pedagoglar, texnik xizmatchilar o'rtasida sanitariya maorifi ishlarini tashkil etish • yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish Bolalar kasalxonasi, tuzilishi, vazifalari
Bolalar kasalxonasi-mustaqil davolash- profilaktika muassasasi xisoblanib, u bolalarga tug'ilgandan to 15 yoshgacha to'lgunga qadar yuqori malakali ixtisoslashtirilgan kasalxona yordamini ko'rsatadi.
Bolalar kasalxonasining tuzilishiga quyidagilar kiradi:
• qabul bo'limi • ixtisoslashgan bo'limlardagi palatalar (bokslar) • anesteziologiya-reanimatologiya bo'limi, intensiv davolash palatasi • laboratoriya bo'limi • tibbiyot statistikasi xonasi • patologo anatomiya bo'qlimi • ma'muriy bino (xonalar) Kasalxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• bolalar kasalliklarini, o'limini kamaytirish, ularning sog'lig'ini saqlashga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora- tadbirlarni tashkil etish; • statsionarda, poliklinikada, uyda bolalarga malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish; • kasalxonaga yotqazilgan bolalarning onalariga tibbiy yordam ko'rsatish, bemor bolani parvarish qilish bo'yicha maslaxatlar berish;
• bolalarga davolash-profilaktika xizmatining sifati va samarasini oshirish, bolalar kasalxonasining ish formasi va usullarini taraqqiy ettirish, takomillashtirish; • tibbiyot xodimlarining malakasi va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazish.
Kasalxonadagi bo'limlarni ishini tashkil etish • Bolalar kasalxonasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kasalxonada infeksiya tarqalishini oldini olish bo'yicha chora- tadbirlar olib borishdan iborat. Bunga har bir bo'limda bir-biridan ajralgan xolda seksiyalarni tashkil etish kiradi. • Chaqaloqlar va chala tug'ilgan bolalar bo'limlari boshqa bo'limlardan ajratilgan bo'ladi. • Ushbu bo'lim intensiv davolash xonasi, qon almashtirish-quyish, fizioterapiya va muolaja, onalar xonasi, ko'krak sutini to'plash va qayta ishlash hamda yordamchi xonalardan tashkil topgan bo'ladi. Bo'limlarning asosiy tarkibiy qismini palatalar yoki bokslar tashkil etadi.
• Har bir boksda hamma sharoitlar tashkil etilgan bo'ladi. • Barcha bo'limlarda bolalarni vrach ordinatorlar va xamshiralar kuzatib, kompleks tekshirib davolash ishlarini olib boradilar.
Ma'ruzaning ta'minoti jadvallar: davolash-profilaktika yordamini bosqichlari, ayollar maslaxatxonasining tarkibi va vazifalari tug'ruqxona tizimi, bolalar poliklinikasi va kasalxonasining vazifalari.
Talabalarning mustaqil ishlari: Onalik va bolalikni muxofaza etish muassasalarining tuzilishi va turlari
Nazorat savollari:
1. Ayollarga akusher-ginekologik yordam ko'rsatadigan ambulatoriya tipidagi asosiy muassasalarga nimalar kiradi. 2. Ayollar maslaxatxonasining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 3. Ayollar maslaxatxonasining asosiy tarkibiy qismi nimalardan iborat. 4. Xomilador ayol salomatlik xolatiga qarab necha guruhga bo'linadi. 5. Tug'ruqdan so'ng ayollarni konsultatsiyada kuzatish muddatlari qachon o'tkaziladi. 6. Tug'ruq kompleksining asosiy tarkibiy qismi nimalardan iborat. 7. Tug'ruq kompleksining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 8. Tug'ruq kompleksining qabulxona bo'limining tarkibi nimalardan iborat 9. Ayollar maslaxatxonasining asosiy tibbiy xujjatlariga nimalar kiradi. 10. Tug'uruq kompleksining asosiy tibbiy xujjatlariga nimalar kiradi. 11. Bolalar poliklinikasining asosiy vazifalari nimalardan iborat. 12. Bolalar poliklinikasida asosan qanday bolalar qabul qilinadi. 13. Uchastka pediatrining asosiy vazifalariga nimalar kiradi. 14. Bolalar salomatlik xolati bo'yicha necha guruhga bo'linadi. 15. Bolalar kasalxonasining asosiy turlari nimalardan iborat. 16. Bolalar kasalxonasining asosiy vazifalariga nimalardan iborat. Download 83.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling