Mavzu: azot oksidilaridandan gazlarni tozalash


Download 472.57 Kb.
bet3/4
Sana11.06.2020
Hajmi472.57 Kb.
#117320
1   2   3   4

1.4.3. Chiqindi gazlarni azot oksidlaridan selektiv katalitik qaytarilish texnologiyasi.

Ushbu usulda ishlatiladigan qaytargich, ya’ni ammiak – NH3 faqat NOx gazlari bilan reaksiyaga kirishadi, tozalanayotgan gaz tarkibidagi O2 bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun qaytarish reaksiyasi uchun NH3 ning miqdorini asosan NOx ga nisbatan ekvivalent miqdorda olish kerak. Reaksiyani t o‘liq borishi uchun NH3 miqdorini stexiometriyaga qaraganda 10–30 % ortiqroq olinadi. Selektiv tozalash jarayonida quyidagi reaksiyalar boradi:

6NO + 4NH3 → 5N2 + 6H2O

6NO2 + 8NH3 → 7N2 + 12H2O

Aralashmada kislorodning uchrashi reaksiyaga xalaqit bermaydi.

4NO+4NH3 + O2 → 4N2 + 6H2O

Jarayon 180–300°C da boradi. Ekzotermik reaksiya hisobiga harorat 10 – 20°C ga ko‘tarilishi mumkin. Agar jarayonda ammiak ko‘proq berilsa, u gazdagi havo kislorodi hisobiga oksidlanishi mumkin:

4NH3+ 3О2 → 5N2 + 6H2O



Azot oksidii chiqindi gazlarni selektiv katalitik tozalash texnologik sxemasi 1.5-rasmda ko‘rsatilgan:

1.5-rasm. 3,5 Pa bosimda absorbsiyalash nitrat kislota ishlab chiqarishdagi azot oksidili chiqindi gazlarni selektiv katalitik qaytarilish texnologik sxemasi:1-katalitik reaktor; 2-aralashtirgich; 3-turbokompressor; 4-kondensat qizdirgichi; 5-suyuq ammiak bug’latgichi; 6-filtr; 7-gazsimon ammiak qizdirgichi; 8-dum gazlarini qizdirgichi.

Yuqorida keltirilgan texnologik sxemada azot kislotasini ishlab chiqarishda absorbsiya jarayonida hosil bo'lgan nitroz gazlari aralashtirgichda ammiak gazi bilan aralashtirilib keyin katalitik reaktorga beriladi. Bu yerda azot oksidlarini qaytaruvchi gaz – ammiak ishtirokida elementar azotgacha qaytariladi. Keyin rekuperatsion turbina orqali o‘tib atmosferaga chiqarib yuboriladi. Hozirgi kunda chiqindi gazlarni azot oksidlaridan katalitik zararsizlantirish qurilmalari «Maxamchirchiq» AJ, «Farg‘onaazot» AJ, «Navoiyazot» AJ korxonalarida o'rnatilgan.


Download 472.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling