Mavzu: Balanslashgan budjet multiplikatori


Download 170.4 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi170.4 Kb.
#1548033
Bog'liq
Samadov Ibrohim Bank va moliya (1)


MAVZU: TIJORAT BANKLARINING PASSIV OPERATSIYALARI
BAJARDI: SAMADOV I.
Passiv operatsiyalar - bu bank resurslarini shakllantirilishi bilan bog’liq operatsiyalardir. Passiv operatsiyalar aylanmadagi bo’lgan, yangi resurslar jalb qilish (orqali) natijasida banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Tijorat bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, ular passiv operatsiyalarini amalga oshirish hisobiga resurslarini shakllantirishdan iborat. Tijorat banki mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt sifatida o’z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo’lgan talablardan biri, bu bankning talab darajasidagi o’z potentsiallariga ega bo’lishidir. Shu bois banklar faoliyatini olib borish avvalo etarli miqdordagi bank resurslarining mavjud bo’lishini taqozo etadi.
  • Har qanday tijorat banklarning passiv operatsiyalarining samarali boshqarib borilishi bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va tejamli ishlatilishiga zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar tijorat banklarning tijorat va xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining passiv operatsiyalari, uning tarkibi va hajmini oshirishda uni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki resurslar manbalari to’zilmasini doimiy ravishda o’zgartirib turishni ham o’z ichiga olgan holda, bank aktivlari va passivlaridan oqilona foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
  • Tijorat bank passivlaridan samarali foydalanish passiv operatsiyalarini asosini tashkil qiluvchi, xususan, kapitalini oshirish, depozit siyosatining oqilona yuritish, asosiy strategik va taktik yo’nalishlarini belgilashdan iborat bo’ladi.
  • Tijorat bank resurslari bizga ma’lumki passiv operatsiyalarni natijasida shakllanadi. Bankning passiv operatsiyalari – bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini ustida amalga oshirilgan amaliyotlarda yuzaga keladi. Moliyakredit lug’atlarda berilishicha, banklarning passiv operatsiyalari bu – «Banklar kredit va boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun o’z resurslarini shakllantirish operatsiyalari» dir.

XALQARO BANK AMALIYOTIDA PASSIV OPERATSIYALARNING QUYIDAGI TO’RTTA SHAKLIDAN KENG FOYDALANILADI:
  • banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga ajratmalar;
  • depozit operatsiyalar;
  • yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
  • qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish (emissiya).
  • Tijorat banklarining passiv operatsiyalari deganda, ularni resurs bazasini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalari tushuniladi.
  • Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy xolati bilan o’zviy xolda bog’lik va unga o’ziga yarasha ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa xozirgi bozor iqtisodiga o’tish sharoitida, mamlakatdagi moliya – kredit tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy tsikllarning barqarorligini bank faoliyati ko’rsatkichlari orqali ko’rishimiz mumkin. Banklarning iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo’lsak bank faoliyatida xam o’ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud.
  • Bank o’z kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni tashkil etish bilan bog’liq operatsiyalar;
  • Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar.

Bank passivlarini ikkita katta guruxga bo’lib o’rganadi:
TIJORAT BANKLARNING O’Z MABLAG’LARI TARKIBIGA ULARNI PASSIV OPERATSIYALARI ORQALI QUYIDAGILAR KIRITILGAN:
  • Aksiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli)
  • Qo’shimcha kapital,
  • Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, devalvatsiya)
  • Taqsimlanmagan foyda
  • Qayta baxolash ortiqchasidan iborat.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, o’z mablag’lari ustav kapital, rezerv kapital, maxsus fondlar, o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydalar, rezervlar, qayta baxolash natijalaridan iborat.
Shundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo’lib, bankning boshlangich ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada mablag’ga ega bo’lish maqsadida o’zi uchun etarli bo’lgan miqdorda joylashtiriladi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda fond bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo’lgan bozor narxlari qo’shimcha ravishda nominalidan ortiqcha qismi qo’shimcha kapitalda xisobga olinadi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 170.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling