Mavzu: Baliq va baliq mahsulotlari Guruh: S22-29


Download 1.44 Mb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1330469
  1   2   3
Bog'liq
baliq va baliq mahsulotlari

Mavzu: Baliq va baliq mahsulotlari

Guruh: S22-29

Bajardi:

Tekshirdi: dots Rajabov A.N


Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan oqsil va boshqa biologik faol birikmalarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Hozir jahonda oqsilga bo‘lgan ehtiyojning 25% ini baliqchilik bermoqda.
Baliq ovlash hajmi so‘nggi yillarda 110 mln. t ni tashkil qilmoqda. Baliq ovlash bilan amalda suv havzalariga ega bo‘lgan jahonning deyarli barcha davlatlarida shug‘ullaniladi.
Jahonning jami 15 mln. aholisi hozirgi vaqtda baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Ovlanayotgan baliq mahsulotlarining 1/2 qismi Yaponiya, Xitoy, AQSH, Chili, Peru va Rossiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Baliqlarning xo’jalikdagi ahamiyati. Baliqlarning amaliy ahamiyati katta. Jahonda yiliga 50 mm tonnadan ortiqroq baliq ovlanadi. Bu miqdor oziq birligi bo’yicha 650 mm bosh qoramolga to’g’ri keladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo’jaligi ekinlari uchun o’g’it tayyorlanadi.
Bundan tashqari, baliq yog’i farmatsevtikada don sifatida ishlatiladi. Baliq mahsulotlari vitaminlarga boy bo’ladi. Baliq go’shti oqsilga boy, mazali bo’lishi bilan birga organizmda tez hazm bo’ladi. Baliqlarning ikrasi ham xushta’m taom hisoblanadi.
Ayniqsa, seld va losossimon baliqlarning go’shti kaloriyali bo’lib. ularning ikrasi juda qadrlanadi. Baliq go’shtini qaynatib, qovurib, dudlab, tuzlab yoki konservalangan holda iste’mol qilinadi. Baliq ovlash. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Ular orasida osyotrsimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar katta ahamiyatga ega. Ovlanadigan baliqlar dengizning uncha chuqur bo’lmagan sohili yaqinida ko’p to’planadi. Chunki bunday joylarda baliqlar uchun oziq mo’l bo’ladi. Dengizlardagi baliqlar maxsus baliq ovlash kemalari-traulerlar yordamida ovlanadi. Baliq ovlashda ichki suv havzalari ham katta ahamiyatga ega. Respublikamizda baliqlar asosan Amudaryo va Sirdaryo havzalarida hamda sun’iy suv omborlarida ovlanadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling