Mavzu. Bank inqirozlari


Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1533167
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
19- mavzu Банк инқирозлари

Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. 
2002 -yilning iyunigacha 1,00$ qiymatdan 0,30$dan pastroqgachapesoning 
kursi erkin ravishda pasaydi va keyinchalik 0,33$ atrofida barqarorlashdi. Boshqa 
inqiroz yuz berayotgan davlatlarga qaraganda Argentinada AQSH dollarida 
ifodalangan yuqori foizli qarz mavjudligi boispesoning qadrini tushishining 
ta‘siriayniqsa banklar balansiga juda xalokatli edi.Inqirozdan oldin pesoqadrini 
uchdan bir martagapasayishi, dollarda ifodalangan barcha qarzlarning pesoda uch 
barobarga oshib ketishiga olib keldi. Argentinasavdo sektori kichik bo‗lganligi 
bois, ko‗plab tijoratchilarning ishlab chiqarishi pesoda baholangan edi. Agarda ular 
barcha dollardagi qarzlarini qaytarishga to‗g‗ri kelib qolsa, deyarli barcha firmalar 
to‗lovga layoqatsiz bo‗lib qolar edi. CHunki sof qiymat tanlovning yomonlashishi 
hamda psixologik risk muammosini yumshata olmasligi sababliyaratilgan shunday 
muhitda moliyaviy bozorlar faoliyat ko‗rsata olishmaydi.
Defoltga uchragan xukumat qarzidan yo‗qotishlar va kreditdan 
yo‗qotishlarning oshishi Argentina banklarining balansini juda yomon ahvolga olib 
keldi. Keyinchalik, banklarlan depozitlarni talab qilinib olinishiyirik hajmda 
depozitlarni oqib chiqib ketishiga olib keldi.YAngidan kreditlar ajratish uchun 
resurslarni etishmasligi banklar tomonidan tanlovning yomonlashuvi va psixologik 
risk muammosini xal qila olmasligiga olib keldi. Xukumat obligatsiyalarining 
defolti va Argentina moliya bozorlaridagiholat xorijliklarning ortiq kredit berishini 
xoxlamasligini va xaqiqatda o‗zlarining pullarini mamlakatdan olib chiqib 
ketayotganliklarini anglatar edi.
Moliyaviy tizim xavfda turganligi bois, moliyaviy oqimni sekinlik bilan 
to‗xtashiga olib keldi. Kreditlashning pirovard qisqarishi keyinchalik iqtisodiyotni 
pasayishiga etakladi. Corralito iqtisodiyotni pasayishida muhim rol o‗ynadi. Naqd 
pul olishning qiyinlashishi Argentinada yirik bo‗lgan va asosan naqd pulda faoliyat 
yurituvchiyashirin iqtisodiyotning keskin pasayishiga sabab bo‗ldi. (11-rasm) 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling