Mavzu. Bank inqirozlari
-jadval:Ayrim bank inqirozlari va ularning ta‟siri
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval:Banklarda leverajning oshishi: aktivlarning kapitalga nisbati koeffitsienti Banklarning nomi 2005 yil
1-jadval:Ayrim bank inqirozlari va ularning ta‟siri
Yillar Davomiyligi Soliq to‗lovchilarga keltirgan bevosita zarari* YAlpi yo‗qotish (YAIMga nisbatan %da) Yaponiya 1991-2001 10 yil 14,0 71,7 Norvegiya 1989-1992 4 yil 3,4 27,1 Shvetsiya 1991-1994 4 yil 2,1 3,8 Finlyandiya 1991-1994 4 yil 10,0 44,9 Izoh: Inqiroz yakunida YAIMga nisbatan foizda. Foiz stavkasi nol darajaga tushganda likvidlilik tuzog‗i yuz beradi. Foiz stavkasining nollik darajasida aholi saqlagan puli ham biror daromad keltirmasada, obligatsiyalarni ushlab turishni xohlamaydi. Bundan tashqari, bo‗sh pul mablag‗larini investitsiya qilmay ushlab turish nol foiz daromad keltiradigan qimmatli qog‗ozlarga investitsiya qilishga nisbatan ustunlikka ega. Chunki pulning hukumat qimmatli qog‗ozlariga nisbatan likvidliligi yuqori hisoblanadi. 2000-2007 yillarda Xitoy kabi davlatlarda savdo balansining muntazam profitsitga ega bo‗lishi, yuqori miqdordagi xorijiy valyuta zaxiralari valyuta kursini sun‘iy ravishda past darajada ushlab turishga qaratilgani holda, global likvidlilikning sezilarli darajada ortishiga va pirovardida past foiz savkalarining shakllanishiga olib keldi.(2-jadval) 2-jadval:Banklarda leverajning oshishi: aktivlarning kapitalga nisbati koeffitsienti Banklarning nomi 2005 yil 2007 yil Bear Steams 26 33 Morgan Stanley 31 33 Lehman Brothers 25 31 Merrill Lynch 18 28 Goldman Sachs 25 27 Shuningdek, yuzaga kelgan qulay vaziyat bank aktivlarining kapital bilan ta‘minlanishi ko‗rsatkichining yomonlashuviga, ya‘ni leveraj koeffitsientining oshishiga olib keldi. Quyidagi jadval ma‘lumotlarining ko‗rsatishicha, 2008- yilda dunyoning barcha asosiy fond indekslari 2007 -yilga nisbatan keskin pasaygan. Ayniqsa, 2008 -yilning 15 -sentyabriga kelib AQSHning yirik investitsiya banki Lehman Brothers bankrot deb e‘lon qilingach, jahon fond bozorlarida aksiyalarni yoppasiga sotish avj oldi. 15 -sentyabr savdolarida Rossiyaning RTS (RTS) indeksi 4,8 foizga tushgani holda, MMVB indeksi (Moskva banklararo valyuta birjasi indeksi) 6,2 foizga pasaydi. Agar 2008 -yilning 15- sentyabr kuni indeksning keskin tushishi natijasida Moskva banklararo valyuta birjasida bir qator qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha savdolar to‗xtzdilgan bo‗lsa, 16 sentyabr kuni o‗ndan ortiq yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha savdolar amalga oshirilmadi. SHunday qilib, birgina 15 - 16 sentyabr kunlari MMVB indeksi 23 foizga, RTS esa 21 foizga pasaydi. 2008 -yilning 6 -oktyabriga kelib esa RTSning pasayishi rekord natijani qayd etdi, ya‘ni bir kunlik pasayish 19,1 %ni tashkil qildi. Umuman olganda, Rossiyaning RTS indeksi 2008 -yilning oxiriga kelib 632 punktni tashkil etib, 2007 -yilga nisbatan 1659 punktga, boshqacharoq aytganda, 72,4 foizga tushib ketgan. Taqqoslash uchun keltiramiz: bu davrda AQSHda S&R 500 38,5 foizga; YAponiyaning Nikkei 225 indeksi 42,1 foizga; Braziliyaning Vovespa indeksi 41,2 foizga pasaygan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, dunyo mamlakatlarini inqirozdan qutqarish choratadbirlarini quyidagi asosiy to‗rt guruhga ajratish mumkin: banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat kafolatini berish; moliya muassasalarini qayta kapitallashtirish; muammoli aktivlarni xarid qilish; iqtisodiy talabni rag‗batlantirish. G‗arb davlatlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarida ajratilishi ko‗zda tutilgan mablag‗lar tarkibida banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat kafolatini berish eng yuqori salmoqni egallagan (qariyb 49%). Umuman olganda, 2008 -yilning dekabr oyiga kelib jahon moliyaviy inqirozini bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlari qutqaruv choralari va moliyaviy ko‗maklar uchun sezilarli miqdorda pul mablag‗larini ajratdilar. Tahlillarimizning ko‗rsatishicha, inqirozning oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag‗larning YAIMga nisbati ko‗rsatkichi Islandiya, BAA, Vengriya, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarida sezilarli darajada yuqori bo‗lgan. Biroq bu ko‗rsatkich yuqoridagi davlatlarning ajratilgan moliyaviy mablag‗larning mutloq miqdori jihatidan etakchiligini anglatmaydi. Chunki YAIM hajmi jihatidan etakchilar ro‗yxati yuqorida qayd etilgan davlatlar bilan boshlanmaydi Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling