Mavzu: Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Bank statistikasining informatsion ta’minoti


Download 207.74 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi207.74 Kb.
#1581347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari tizimi

2.4. Bank statistikasining informatsion ta’minoti
Banklar va bank faoliyati haqidagi statistik ma’lumot birinchi navbatda bevosita banklaming buxgalteriya va statistik hisobotlaridan olinadi.
Respublikadagi barcha banklar o‘zlarining ish faoliyati to‘g‘risida quyidagi hisobot shakllari orqali davlat organlari oldida hisobot beradi. Bankning yillik hisoboti Markaziy bankka taqdim etiladi. Unda bankning yillik balansi, bank faoliyatining moliyaviy natijalari to ‘g‘risidagi hisobot, daromadlar va xarajatlar tarkibi, foydani
taqsimlash tartibi, likvidlikning asosiy ko'rsatkichlari, bankning shaxsiy natijalar razmeri, bankning kredit, resurs siyosati va tashqi faoliyati, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi, investitsiyalar haqida ma’lumotlar beriladi.
Umumiy moliyaviy hisobot ham Markaziy bankka taqdim etiladi. Unda bankning hisobot yilida olgan daromadlari va ko'rgan zararlari, kredit portfeli tahlili, zaxiralar, oshgan foizlar, asosiy mablag'lar va nomoddiy aktivlar, bank xodimlari haqida ma’lumot va tahlillar keltiriladi.
Banklar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi statistik hisobotlardan ham olish mumkin: 1-KB shakli — tijorat banki faoliyati to'g'risidagi hisobot (kvartallik). Tijorat banklari jamlanma hisobotni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmasiga hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay taqdim etadilar. 1-Kredit (MB) shakli — Kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlar to'g'risidagi hisobot. Ushbu shakl hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi. 1-KB (choraklik, yillik shakliga ilova) — tijorat banki tomonidan berilgan kreditlar to'g'risidagi hisobot. Ushbu shakl hisobot davridan keyingi oyning 8-sanasidan kechiktirmay viloyat va shahar statistika boshqarmasiga taqdim etiladi. 1-KB (yillik) 25-yanvarda topshiriladi. Bu hisobot uch bo'limdan iborat: 1) Aktivlar, passivlar va boshqa ma’lumotlar; 2) Bank daromadlari va xarajatlari; 3) Asosiy vositalar va yig‘ilgan eskirish; 1-Aholi omonatlari shakli — aholi omonatlar to'g'risidagi hisobot (yillik). Ushbu shakl hisobot davridan keyingi oyning 8-sanasidan kechiktirmay viloyat va shahar statistika boshqarmasiga taqdim etiladi. Aholining omonatlari bo'yicha hisob raqamlariga naqdsiz pul o'tkazishni hisobga olgan holda aholi omonatlari bo'yicha yil boshiga jalb etilgan (olingan) mablag'lar, omonatlar qoldig'i, omonatlar bo'yicha foizlar ko'rsatkichlari alohida hisoblanadi. Har bitta ko'rsatkich bo'yicha chet el valutasidagi omonat alohida beriladi. Aholi mablag'larini omonatlarga jalb qilinishi to'g'risidagi hisobotni to'ldirishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
1.Viloyatlar bo'yicha ma’lumotlarni bosh bank faqat rezidentlar bo'yicha ko'rsatadi.
2. Barcha ko'rsatkichlar, shu jumladan milliy valutada va chet el valutasida o'tkazilgan naqdsiz pullar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobo sanasiga bo'lgan tegishli kursi bo'yicha so'mlarda hisoblanib, yil boshidan ortib boruvchi yakunda to‘ldiriladi.
3. “Omonatlarga jalb etilgan mablag'lar” ustunida yil boshidan aholining qo'yilgan va olingan mablag'lari o'rtasidagi tafovut aks ettiriladi.
4. “Omonatlaming qoldiqlari” ustunida ma’lumotlar hisoblangan foizlarni qo'shgan holda hisobot sanasiga bo'lgan holat ko'rsatiladi.
5. “Aholining omonatlari bo'yicha foizlar” ustunida barcha turdagi omonatlar bo'yicha oylik o'rtacha foiz stavkasi bir o'nlik belgi bilan ko'rsatiladi.
Naqdsiz pul tushumlari va hisob-kitoblarga aholi pul mablag'larining naqdsiz pul aylanmalari kiradi. Naqdsiz pul tushumlari korxona va tashkilotlarning hisob raqamlaridan (ish haqi, pensiya va h.k.) fiiqarolaming omonat hisob raqamlariga o'tkaziladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar aholining xarajatlari (kommunal xizmatlar, kvartira to'lovlari va h.k.) ni omonatchilaming hisob raqamlaridan o'tkazish yo'li bilan to'lash demakdir. 1-Aholi omonatlari shakli — aholi omonatlari to'g'risidagi hisobot (yillik). Ushbu shakl 25-yanvardan kechiktirmay viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmasiga taqdim etiladi va uch bo'limdan tashkil topadi:
1. Aholi omonatlari bo'yicha hisob raqamlariga naqdsiz pul o'tkazishni hisobga olgan holda aholi omonatlari.
2. Aholi omonatlari miqdori, bank muassasalari soni.
3. Aholi omonatlari turlari (valuta omonatlarini qo'shgan holda).
Banklar va bank faoliyati haqida ma’lumotlami yana O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi chop qiladigan statistik bulleten va to'plamlardan (masalan, “O'zbekiston raqamlarda” , “O'zbekiston moliyasi” , “Tijorat banklarining aholi pul mablag'larini jalb qilishi” , “Aholi omonatlariga mablag'larni jalb qilishi bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar”, “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlariga bergan kreditlari”, “Tijorat banklari faoliyatlarining asosiy ko'rsatkichlari”) hamda www.stat.uz saytidan olish mumkin.
Banklaming ma’lum bir sanalarga bag'ishlab chop qilingan kitob, albom, kataloglar, to'plamlari juda yaxshi ma’lumot manbai hisoblanadi. Masalan, “O'zbekiston bank tizimi mustaqillik yillarida” kitobidan juda ko'p ma’lumot olish mumkin. ommaviy
axborot vositalaridan ham olish mumkin. Masalan, O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda chop qilinadigan gazeta va jurnallardan. Ularga: “Iqtisodiy axborotnoma”, “PKB”, “Moliya”, “Mulkdorlar sinfi va iqtisodiyot” , “Деньги и кредит”, “Деньги”, “Банковские услуги” , “Банковское дело”, “Эксперт”, “Экономист”, “Economist”, “Financial times”,“International Financial Statistics” va boshqa jurnallarni kiritish mumkin.

Xulosa
Bozor munosabatlarining muhim bo`g`inlaridan biri bo`lgan bank tizimini isloh qilish va erkinkashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo’lgan jamiyat sog’lom rivojlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi banklar faoliyatini takomillashtirish orqali ularni likvidililigi va daromadliligiga erishish, tijorat banklarining depozitlari hajmini oshirish orqali banklarning resurs bazasini kengaytirish, respublika aholisining turmush darajasi va farovonligi o‘sishini ta’minlash maqsadida jozibador depozit turlarini ishlab chiqish
orqali mablag‘lar jalb qilish hamda ularni bozor qonuniyatlari asosida taqsimlash samaradorligini oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish banklar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bank tizimini yanada isloh qilinishi va xalqaro me’yorlarga mos holda
ularning faoliyatini tashkil etilishi, banklar faoliyatiga tegishliqarorlarda xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik subyektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Respublikamizda bank nazorati va boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish, bank tizimi erishgan natijalarni real va har tomonlama chuqur tahlil etishning samarali modeli, moliyaviy barqarorligi, likvidligini ta’minlash va mijozlar ishonchini qozonish masalalariga jiddiy e’tibor berilishi va asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasiga xalqaro ekspertlar yuqori baho berib kelmoqdalar.


Ta’kidlash joizki, Markaziy bank O‘zbekiston bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini o‘stirishga hamisha dolzarb masala sifatida qarab boradi. Chunki, bank tizimidagi islohotlar, xususan, banklarning umumiy kapitalini oshirish, ularga aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning depozitlarini keng jalb qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, investitsion loyihalar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini kreditlash ko‘lami ayni yo‘nalishdagi ishlar natijasiga bog‘liqdir.
Milliy bank tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy valyutani erkin konvertatsiyasi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, naqdsiz pul aylanmasi hajmini o’stirish, banklar kapitallashuv darajasini oshirish, banklar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish hamda ularning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolligini oshirish kabi vazifalar o‘z yechimini topmoqda. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur. Xukumatning barcha tijorat banklari ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmagan qismini xorijiy investorlarga sotish chora-tadbirlari esa yaqin istiqbolda banklarda boshqaruv sifati va madaniyatini yanada yuqori olib chiqish, bank faoliyatida aksiyadorlar ishtiroki va mas’ulligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga olib keladi.


Download 207.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling