Mavzu: Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish. Reja: Kirish


Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari


Download 69.7 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi69.7 Kb.
#1644180
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish (Utkir)

Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari.

Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi.
Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi.
Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank kapitali, daromadlari va hokazo kiradi.
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha, aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning kreditida, mablag‘larning kamayishi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini topadi.
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.


Debet

Kredit

1. Kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldiq (saldo)
2. Mablag‘larning kelishi

  1. .......

  2. .......

v) .......
3. Mablag‘larning kelishi bo‘yicha aylanmalar summasi
(a+b+v)
Kun oxiriga bo‘lgan qoldiq
(1+3-5)

1. Mablag‘larning hisobdan chiqarilishi

  1. ...........

  2. ...........

v) ............
5. Mablag‘larni hisobdan chiqarilish bo‘yicha
aylanmalar summasi (a+b+v)


Download 69.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling