Bankning barcha hisob-operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. Bosh bux-galter hisob-operatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o‘z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni ba-jarish yoki rasmiylashtirish bo‘yicha buxgalterning ko‘rsatmalarini baja-rish barcha bank xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir: – buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobot-larda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida; – depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa; – buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa; – Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa; – bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik fao-liyatini tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi. 4. Bankning hisobvaraqlar rejasi Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidagi hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Ushbu rejaning yana bir xarakterli xususiyati shundan iboratki, bundagi balansdan tashqarida joylashgan hisobvaraqlar ham balans ichidagi hisobvaraqlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Umuman aytganda, bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni: I bo‘lim 10000 – Aktivlar; III bo‘lim 30000 – Kapital; IV bo‘lim 40000 – Daromadlar; V bo‘lim 50000 – Xarajatlar; VI bo‘lim 90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha (ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar. Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan. Hisobvaraqlarning nomerlanishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |