Mavzu: Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlari va ularning yuritilishi. Reja: Kirish. Asosiy qism


Download 34.65 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi34.65 Kb.
#1013611
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Urinova Feruza

Hisob varaqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi
Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo’lgan korxonalar o’z faoliyatlari jarayonida, bankrot deb e’lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya’ni qo’shib olinishi, bo’linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan mijoz qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda bankka yangi tashkil etilgan paytdagi kabi xujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog’liq bo’lmagan holda nomi o’zgaradigan bo’lsa yoki korxonaning bo’ysunishi o’zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo’yinsinishi o’zgarganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasi topshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko’plab tijorat banklari faoliyat ko’rsatib ular o’rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil ravishda tanlaydilar. Korxonalar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan bank muassasasi xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o’tib uning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so’ng, bank mijozning hisobvarag’idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi. Mijoz ushbu tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan birga hisobvaraq ochayotgan bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801-
(hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qo’rib, esda saqlab qoling) hisobvarag’ini ochadi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda xabar beradi. Yozma xabarni olgach, mijoz o’zining avvalgi bankiga hisobvarag’idagi qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik hisobvarag’iga o’tkazib berish haqida to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Bank mijozning yuridik xujjatlar yig’majildidagi xujjatlar va boshqa to’lov xujjatlari bo’yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo’yilgan xolda kurerlar yoki pochta orqali dalolatnomani va u bilan birga xujjatlarni hisobvaraq ochayotgan bankka jo’natadi. Bu xujjatlarni qabul qilganligi haqida hisobvaraq ochayotgan bankda dalolatnomaning bir nusxasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va muxr qo’yilgan xolda avvalgi bankka etkazib beriladi. Hisobvaraq egasi orqali ushbu xujjatlarni bir bankdan ikkinchi bankka etkazib berish ta’qiqlanadi. Dalolatnoma olingandan so’ng mijoz hisobvarag’idagi pul mablag’lar qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi.
Hisobvaraq ochayotgan bank o’zida mijozga hisobvaraq ochib vaqtinchalik hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag’larni o’tkazib qo’yadi. Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan xujjatlardan nusxa olib, belgilangan tartibda o’z arxivida saqlaydi. Mijoz to’g’risidagi barcha ma’lumotlar ikki oy davomida ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so’ng ular arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi.
Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko’ra yopilishi mumkin. Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o’rtasida tuzilgan bank hisobvaraqlarini yuritishi bo’yicha shartnomalar bekor qilinadi. Mijozlarning hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi:


  • hisobvaraq egasining arizasiga ko’ra;

  • korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko’ra;

  • korxona tugatilganda;

  • bank talabi bilan.

Asosiy hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga ko’ra, hisobvaraqdagi pul mablag’lari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo’yicha yoki sud ajrimiga ko’ra xatlanganda to’xtatib qo’yiladi.


Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank talabiga ko’ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko’ra bank hisobvarag’i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:


  • Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko’rsatilgan minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag’larini ushlab turmasa va bu haqda bank tomonidan ogoxlantirilgandan so’ng, bir oy ichida belgilangan summaga etkazilmasa;

  • Agar shartnomada boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, korxona hisobvarag’i bo’yicha 1 yil davomida operatsiyalar o’tkazilmasa.

Hisobvaraqdagi pul mablag’lari qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasiga ko’ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi Bank hisobvarag’i shartnomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo’ladi.



XULOSA
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi.
Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo‘yicha javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan: hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish;
ri, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish;
hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish; operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgaltyerlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasi) asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi.
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgaltyerlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgaltyerlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgaltyerlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.


Download 34.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling