Mavzu: Barabanli quritish qurilmasi hisoblash. Reja: Kirish
Download 233.29 Kb.
|
xoja (2) (3)
Mavzu: Barabanli quritish qurilmasi hisoblash. Reja: Kirish. Respublikamizning kimyo sanoati xalq xoʻjaligining asosiy zvenosi boʻlib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil boʻlgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ilgarigi oʻz holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq - “Uzbek neft gaz” milliy xolding korporatsiyasiga birlashtirildi. Bu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni kayta ishlash boʻyicha uchta yirik korxona ishlab turipti. Bular: “Oʻz neftni qayta ishlash” davlat sanaoat birlashmasi, Shoʻrtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari. “Oʻzbek neft mahsulot” aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga Fargʻona, Olti Ariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. Shoʻrtan gazni qayta ishalsh zavodining yaqinida gazni kimyoviy usul bilan qayta ishlash kompleksi qurildi. Bu kompleks gazdan polietilen, polimer, benzin va shu kabi maxsulotlarni ishlab chiqarishga moʻljallangan. Bu korxonalar uchun xomashyo: neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga oʻxshash boʻlib, faqat qaynash temperaturasining oxiri bilan farqlanadi. Gaz kondensati neftga qaraganda birmuncha yengil xisoblanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi. Yuqorida eslatib oʻtganimizdek Respublikamizda ikkita yirik tabiiy gazni qayta ishlash zavodlari va gazni kimyoviy qayta ishlash kompleksi mavjud. Muborak gazni kayta ishlash zavodda tabiiy gazlarni oltingugurt birikmalaridan (asosan N2S dan) tozalovchi, gazlarni quyi temperaturada sovutib suv va gaz kondensati tomchilaridan tozalovchi, nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi, gaz kondensantini tindiruvchi texnologik qurilmalar ishlab turibti. Oltingugurt ishlab chiqaruvchi qurilmani chiqindi gazlarni qayta ishlab, uning tarkibidagi N2S gazidan qoʻshimcha miqdorda oltingugurt oluvchi “Sulferin” qurilmasi ishga tushishi bilan atmosferaga chiqib ketayotgan gazlarni tarkibi tozalanadi. Shunday qilib, Muborak gazni qayta ishlovchi zavod Xalq xoʻjaligini tovar tabiiy gazi, toza oltingugurt va tindirilgan gaz kondensanti bilan taʼminlaydi. Shoʻrtan gazni qayta ishlash zavodi asosan kam oltingugurtli tabiiy gazni qayta ishlashga moʻljallangan. Bu zavodda tabiiy gazni sovitib quyi temperaturada suv va gaz kondensat tomchilaridan tozalovchi; seolitlar va absorbentlar yordamida oltingugurt birikmalaridan (asosan N2S) tozalovchi; nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi; gaz kondensanti tindiruvchi; tabiiy gazdan quyi temperaturada propan-butan fraksiyasini ajratib oluvchi texnologik qurilmalar ishlab turibdi. Download 233.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling