Mavzu. Barcha tizimlarni birlashtirib rejalashtirish
birinchidan, transport aloqalari shaharni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ochadi; ikkinchidan
Download 28.81 Kb.
|
MAVZU - 6
birinchidan, transport aloqalari shaharni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ochadi;
ikkinchidan, transport tarmog‘ini rivojlantirish xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan olib keladi; uchinchidan, transport xizmatlarini yanada takomillashtirish urbanizatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, transport tarmog‘i rejalashtirish shaharlarning shaharsozlik qurilishlarida ularning bir o‘zagi sifatida shahar tuzilishini shakllantiradi. Bu jarayon bilan bog‘liq transport vositalarini va transport tarmog‘larini doimiy ravishda takomillashtirish,rivojlantirish ularning differensiatsiyasi maqsadga muvofiq va umuman mahallalar(kvartallar), mikrorayonlar va umuman olganda shahar maydonning kengayishiga olib keladi Shaharlarning ichki rejalashtirish tarkibi juda xilma-xildir ammo, agar har bir shaharning ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini chizib chiqilsa shu shaharning geometrik sxemasini bilib olish mumkin. Bunga asosan shahar skeleti bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar rejalashtirilib, keyin har birining geometrik joylashuvi shaharning hududi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi . Hammasi bo‘lib shaharsozlik tuzilmalarining barcha xilma-xilligini qamrab olgan sakkizta asosiy geometrik sxemalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: erkin, radial, radial-xalqasimon, uchburchak, to‘rtburchak, to‘rtburchak diagonal, va aralash (kombniatsialashgan) geometrik sxemalardan iboratdir. Magistral transport tarmog‘ining turli geometrik sxemalari quyidagi sifat ko‘rsatkichlarini xarakterini ochib beradi va tahlil qiilishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: tarmoq zichligi, bilvosita bog‘lanish koeffitsienti, transport tarmog‘i tugun(uzel)laridagi notekis yuklanish koeffitsienti. Transport jarayonini yaxshilashga qaratilgan ishlanmalarni yaratishda transport tarmog‘ining, barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Masalan,transport tarmog‘ining zichligi sarf qilinadigan to‘xtash joylariga yaqinlashish vaqtini kamaytiradi, ammo ayni paytda harakatlanish oralig‘ining oshishi tufayli kutish vaqti (interval)ning ko‘payishiga olib keladi. Download 28.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling