Mavzu. Bargning morfologik tuzilishi va tomirlanishi


Download 60.46 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi60.46 Kb.
#1753892
Bog'liq
Barg

Mavzu. Bargning morfologik tuzilishi va tomirlanishi

Reja

  • Bargning tuzilishi va vazifalari.
  • Bargning rivojlanishi (ontogenezi).
  • Bargning ichki tuzilishi.
  • Barg metamorfozi

Barg yuksak o’simliklar uchun xos organ. U poyadan kelib chiqqan. Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi meristema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi. Fotosintez, gazlar almashinuvi, suv bug‘latish, zahira oziq moddalarni saqlash, (karam, piyoz), himoya vazifasi (tikanaklar), vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi(yapon binafshasi, begoniya). Bulardan tashqari, uning shakl o’zgarishidan ko’rinishlari organik moddalarni g’amlash (karamning yoki piyozning etdor barglari va boshqalar), himoya (tikanlar) va vegetativ ko’payish (begoniya, fikus va boshqalar) kabi vazifalarni ham bajarish mumkin. Odatdagi tuzilishli to’liq barg, barg yaproq’i, barg bandi va yonbargchalardan tashkil tongan.
Barg yapog’ining shakli niqoyatda xilma - xildir, u dumaloq , tuxumsimon, nashtarsimon, uchburchak, buyraksimon, o’qyoysimon, ninasimon, tasmansimon, teskari tuxumsimon, ovalsimon, tangachasimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. Barglar chekkasining tuzilish xarakteriga ko’ra tekis qirrali barg va o’yiqli barglar ajratiladi. Agar bargning qirrasi butun bo’lsa (siren, loviya, pista) tekis chetli barg deyiladi. Agarda bargning chekkasi kertikli bo’lsa qirrali barg deyiladi. Barg yaproqining chekka qirralarining shakliga qo’ra ular bir necha xilga ajratiladi: oddiy tishsimon yoki qo’sh tishsimon; arrasimon yoki qo’sh arrasimon, to’garaksimon, oysimon. Barg tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglar farq qilinadi. Agarda barg bandida faqat bitta barg bo’lsa, unga oddiy barg deyiladi. Bandsiz barglar ham oddiy barg deb yuritiladi. Murakkab barglarda barglar birnecha sondagi yaproqchalardan iborat bo’lib, ular qisqa bandlar yordamida umumiy barg bandiga birikkan bo’ladi.
Barglar kyrtigining qirqilish darajasiga qarab kertiksiz, bo’laklarga bo’lingan, bo’laklarga chuqur bo’lingan va qirqma barglar farq qilinadi. Turli o’simlik barglarining segmentlari soni va joylanish xarakteri hamda shakllariga qarab bir - birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular uch bo’lakli (o’rmalovchi, ayiqtovonda), patsimon (valerianada) va panjasimon (zaharli ayiqtovonda) barglarda ajratiladi.Yaproqlarining soni va joylashish xarakteriga ko’ra uch bargli panjasimon va patsimon murakkab barglar farq qilinadi. Barg yaprog’ida tomirlar turli shaklda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy (ninabarglilarda), dixotomik (ginko bargi), parallel, yoysimon va to’rsimon tomirlanishlar farq qilinadi. To’rsimon tomirlanishning patsimon (olma, nok barglarida) va panjasimon (zarangda) ko’rinishlari mavjud. Parallel va yoysimon tomirlanishlar aksariyat bir pallali o’simlik barglarida kuzatilib, ikki pallali o’simliklarda esa ko’pincha patsimon, panjasimon yoki to’rsimon tomirlanishlar uchraydi. Tomirlarning vazifasi suv va unda yerigan mineral hamda oziq moddalarni poyadan barglarga yoki aksincha, barglardan poyaga o’tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari u bargga tayanch mustahkamlik beradi va turli tashqi mexanik ta'sirlardan (yomg’ir, do’l va boshqalardan) muhofaza qiladi.
Ko’pchilik o’simliklarning bargi poyaga bandi yordamida birikadi. Bunday barglar bandli barglar deyiladi. U nisbatan uzun (tog’terakda) yoki qisqa (tollarda) bo’lishi mumkin. Barg bandi mexanik tayanch vazifasini bajarishdan tashqari interkalyar o’sish xususiyatini uzoq vaqt saqlab qoladi, barg yaprog’ini yorug’likka to’g’irlab turadi. Ko’pchilik o’simliklarda barg bandi asosida maxsus o’simtalar bo’ladi. Bu o’simtalar yonbargchalar deb atalib, ularning shakli, o’lchami va vazifalari turli o’simliklarda turlicha bo’ladi. Shakl jihatidan mazkur bargchalar tuksimon, pardasimon, tangachasimon va tikansimon ko’rinishlarda uchraydi. Yonbargchalar odatda ikki pallali o’simliklar uchun xosdir. Poya va ildizlardan farq qilib barg dorzoventral tuzilishida bo’ladi.
Bargning ichki tuzilishi. Epiderma bargning qoplovchi to’qimasi hisoblanib, u transpiratsiya va gaz almashinuvini boshqaradi. Hamma o’simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan. Bu hol ayniqsa qurg’oqchil sharoitda o’suvchi o’simliklar bargida yaxshi ifodalangan, ya'ni epiderma hujayralarning tashqi tomoni kutinlashgan va uning ustidagi kutikula qavati ham juda qalin bo’ladi. Barg eti ko’pchilik hollarda mezofill deyilib, uning hujayralari o’lchami va shakliga ko’ra turli xil bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklarda ular o’zaro zich joylashgan hujayralarning bir necha qavatidan iborat. Ular barg yuzasiga perpendikulyar joylashib, polisad yoki ustunsimon parenxima deb ataladi. Ularning hujayralarida juda ko’plab xloroplastlar bo’ladi. Ustunsimon parenxima ostida tarkibida xloroplastlari kam bo’lgan noto’g’ri shaklli hujayralardan iborat g’ovak to’qima joylashadi. Uning hujayralararo bo’shlig’ keng bo’ladi, ayniqsa ular suv o’simliklarida ko’p uchraydi va bu o’simliklar bargini suv yuzida suzib yurishiga yordam beradi. Barg etini tashkil etuvchi bu ikkala to’qima assimilyatsiya vazifasini bajaradi va shu sababli assimilyatsion to’qima deb ataladi.
Barg metamorfozi. Qurg’oqchilik yerlarida o’simliklar suvni kam bug’latish uchun ko’pgina barglarini tikanga aylantiradi. Kaktus, zirk, sparja o’simliklarida barglar mutlaqo tikanga aylangan. Ayrim o’simliklarda barg plastinkasining chetlari mayda tikanlarga aylanadi. Masalan, qushqo’nmas, govtikanda akatsiya, kovul o’simliklarida esa yon bargchalar tikanga aylangan. Ba'zi bir o’simliklarda bargning butun yoki biror qismi ipsimon jingalakka aylanadi. Ho’xat, no’xatak, burchoq, yasmiq o’simliklari murakkab barglarining oxirgi bargchasi shaklini o’zgartirib jingalakka aylangan. Suvda yoki botqoqda o’sadigan o’simliklarning barglari hasharotlarni tutib hazm qilishga moslashgan. Botqoq rosyankasi, pashshaxo’r venerina, muxolovka barglari hasharot qo’nishi bilan tukchalari ta'sirlanadi va ular yopilib hasharotlarni ushlab qoladi.
Braziliyada o’sadigan nepentis o’simligida esa barg bandining bir qismi ko’zachaga, barg plastinkasi esa qopqoqchaga aylangan bo’lib, hasharotlar shu ko’zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, ushlangan hasharotlar hazm bo’ladi. Barg ontoginezi. Barg o’z taraqqiyotini kurtak ichida va undan tashqari fazalarda o’tkazadi. Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga etgan barg shaklini oladi, ammo u kichik o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazaga o’tganda esa hujayralarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. Bargning shakllanishi boshlang’ich barg uchki hujayralarining bo’linishi va keyinchalik interkalyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak yozilganidan so’ng bargining yuzasi bir necha o’n va yuz marta ortiladi.
Download 60.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling