Mavzu: basketbolchilarning tezlik kuch sifatlarini takomillashtirish usullari
I.BOB BASKETBOLCHILARNI TEXNIK VA TAKTIK HARAKATLARGA
Download 243 Kb.
|
basketbolchilarni tezlik kuch
I.BOB BASKETBOLCHILARNI TEXNIK VA TAKTIK HARAKATLARGA
O'RGATISH 1.1Basketbol o‘yinida shug‘ullanuvchilarning texnikga o’rgatish Basketbolga xos o‘yin usullari (ko'nikmalari) texnikasiga o‘rgatish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: holat va harakatlanishlarga o'rgatish; hujumda to'pni boshqarishga o‘rgatish; himovada qarshilik ko'rsatish va to'pni egailashga o‘rgatish; hujum va hirnoyada o‘ynash usullariga o'rgatish. Odatda o‘rgatish jarayoni kamida 4 ta shartli bosqich davomida amalga oshiriladi: 1 -bosqich - o‘rgatilayotgan usul texnikasi hakida tasavvur hosil qi- lish. Ushbu bosqichda tushuntirish, ko'rsatish (namoyisb etish), takror- lash uslublaridan foydalaniladi. Vositalari: ravon va obrazli so‘zlar bilan tushuntirish. o'zaro suh- bat, muhokama, tahlil, muzoqara va h.k. bosqich - muayyan usul texnikasiga oddiy sharoitda (ortiqcha vazifalarsiz sekin shiddatda) o‘rgatish. Qo‘laniladigan o‘rgatish uslublari: ko‘rsatilgan usul mazmunini eslab qolish va uni to‘liq holda bajarish, usulni qism, element va fazalarga bo‘lib o‘rgatish, ularni “oyna” usulida takrorlash (shug'ul- lanuvchilarning biri bajaradi, ikkinchisi trener rahbarligida kuzatadi, tahlil qiladi. xatolarni tuzatadi va baholaydi); bosqich - muayyan usul texnikasiga murakkab sharoitda (ijro etish tezligi oshiriladi, qo‘shimcha vazifalar beriladi, vaziyatlar tug'di- riladi, juftlikda yoki uchlikda bajariladi va h.k.) o‘rgatish. Qo‘llaniladigan o‘rgatish uslublari: To‘liq-konstruktiv uslubi, takrorlash-tahlil uslubi, reproduktiv us- lub, shaxsiy uslub, xatolarni tuzatish uslubi, o'yin uslubi, musobaqa uslubi. bosqich - o‘rganilgan usullarni mukammallashtirish (o‘quv o’yinlari va nazorat musobaqalari jarayonida). Qo‘llaniladigan o'rgatish va takomillashtirish uslublari: barcha bosqichlarda qo'llaniladigan uslublar, o‘yin uslubi, musobaqa uslubi, videotasvir uslubi. Yuqorida qayd etilgan barcha bosqichlarga xos o'rgatish uslublari quyidagi vositalar (mashqlar) yordamida qo'Uaniladi: tayyorlov, yor- damchi, yondashtiruvchi, taqlidiy, asosiy (o‘yin usuSlarining o'zi), o'yin va musobaqa mashqlari, yordamchi uskunalar, texnik vositalar va trenajyoriar. 0‘yin texnikasiga o'rgatish, uni takomillashtirish va mukammal- lashtirish samaradorligi nafaqat o'rgatish uslublari hamda vositalari bilan belgilanadi, balki muayyan mantiqiy tartibda qo‘llaniladigan pedagogik (didakcik) prinsiplarga ham bog'Hqdir. Ushbu jarayonda quyidagi pedagogik prinsiplardan foydalanish maqsadga muofiqdir: ilmiylik, ko‘rgazmalilik, onglilik va faollik, muntazamlilik, uzluk- sizlilik, uzviylik va mutanosiblik, mukammallik, o'rgatuvchi-takomil- lashtiruvchi mashqlar hajmi va shiddatini "to'lqinsimon" yo'nalishda oshira borish, o'rgatish va tarbiyalash. O'rgatish bosqichlari, uslublari, vositalari va prinsiplarining qo'l- lanish tartibi 8- va 9-jadvallarda keltirilgan. Download 243 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling